Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.14K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Muloqot
#Toshkent_tumani

Murojaatlar eʼtiborsiz qolmadi

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi Oqtosh mahallasi bir guruh nuroniylari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni tingladi.

Xususan, muloqot davomida mahalla qariyalari mahalla fuqarolari yigʻini idorasi masalasi, yaʼni yangi bino qurish boʻyicha tuman hokimiga oʻz taklif va mulohazalari bilan yuzlandilar.

Muloqot vaqtida tuman hokimi mahalla faollari bilan birgalikda hududni koʻzdan kechirib, mavjud boshqa muammolarni ham muhokama qildi va ularning yechimi boʻyicha mahalla nuroniylarining rejalarini tingladi.

Suhbat yakunida tuman hokimi mahalla faollariga mavjud muammolarni imkon qadar tez fursatlarda bartaraf qilishini bildirdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Toshkent_tumani
#Hashar

Obod yurt yoshlari chellenji
Toshkent tumanida

⚡️ Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda atrof-muhitni asrab-avaylash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida #Obod_yurt_yoshlari_chellenjini boshlagan.

Ayni damda Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar hamkorligida hashar oʻtkazmoqdalar.

Siz ham yurt obodligiga hissa qoʻshasizmi?

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Migratsiyadagi_yoshlar_bilan_muloqot
#Toshkent_tumani

Mustaqillikning 33 yilligi oldidan migratsiyadagi yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi

Toshkent tumani Yoshlar ishlari Agentligining mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan Toshkent tumanidagi 37 nafar chet elga oʻqish, ishlash va doimiy yashash uchun chiqib ketgan yoshlar bilan muloqot qilindi.

Muloqot davomida ularning yashash va ish sharoitlari toʻgʻrisida suhbat oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami bilan tabrik yoʻllandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalda

Davlat rahbari tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlarining har biriga 5 tadan kambagʻal oila biriktirib berilib, ushbu xonadon egalarini oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun, tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Karaboyeva oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻlib, xonadon bekalari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, ularni qiynayotgan masalalar, oila daromadini oshirish uchun zarur saʼy-harakatlar, daromad manbaini yaratish va kambagʻallikdan chiqishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida batafsil suhbat oʻtkazilib, soʻrovnoma toʻldirildi.

Kambagʻal oilalarga oid soʻrovnoma toʻldirilib, reyestr shakllantirilganidan soʻng, xonadon egalarining muammosini hal qilish va daromadini oshirish orqali kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻrilishi belgilangan.

Bu singari oʻrganishlar Toshkent tumanining har bir mahallasida, har bir rahbar tomonidan joyiga chiqqan holda oʻtkazilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor
#Toshkent_tumani

"Kambag‘allikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda   
   
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-136 son farmoni ijrosi ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
  
🟢Xususan bugun, Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari S.Salixov tomonidan 2-sektor hududidagi Oydin hayot, Avliyo ota mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turuvchi oilalar holatini manzilli o‘rganildi. 
  
🖋 O‘rganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligini ta’minlash,  tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha bir qancha masalalar yuzasidan ishlar olib borildi.


📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda


Toshkent tumani Soliq Inspeksiyasining boshligʻi, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev tomonidan 4-sektor hududi Chigʻatoy mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlanganlar roʻyxatida turuvchi oilalar holati manzilli oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli foydalanish hamda aholini qiynayotgan masalalar boʻyicha yuzasidan sektorda bir necha oilalar bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining oʻzi qiziqqan kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi mavjud boʻlgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish orqali oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash boʻyicha rejalar ishlab chiqildi.

Oʻrganish natijasida 4-sektor rahbariga biriktirilgan xonadonlarning har biri bilan soʻrovnoma asosida suhbat oʻtkazilib, oilalarning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya
#Toshkent_tumani
#1_sektor

Qaror ijrosi taʼminlanmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi (PQ-330-son, 23.09.2024 y.) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻldi.

1-sektor rahbari oilalardagi ijtimoiy holatni oʻrganar ekan, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot olib, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun zaruriy chora-tadbirlar rejasini tuzdi.

Oilalarni daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish yoʻnalishida hokim yordamchisi, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash va taʼlim yoʻnalishlarida — ijtimoiy xodim hamrohligi haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, har oyda ikki marotaba oʻziga biriktirilgan oilalar bilan uchrashib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada belgilangan choralarni amalga oshirish, yuzaga kelgan muammolarni aniqlab, ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻrishi haqida aytib oʻtdi.

Oʻrganishdan soʻng, tuman hokimi Nurhayot mahallasidagi 39-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Bogʻchada hudud bolajonlariga berilayotgan taʼlim va tarbiya hamda ularning taʼminoti bilan qiziqdi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskani hududini "Yashil makon"ga aylantirish, daraxt koʻchatlar va gul ekish boʻyicha topshiriq berdi.

Bir soʻz bilan aytganda, tuman hokimi oilalarni oʻrganish davomida nafaqat xonadon egalarining ijtimoiy holatiga aniqlik kiritib, oʻzi uchun reja tuzmoqda, balki hududdagi ijtimoiy soha obʼektlaridagi sharoitlar, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda mavjud muammolari haqida maʼlumot olib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#Toshkent_tumani

"Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi"ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent tumani FVB va Milliy gvardiya hamkorligida "Yurtning kuchi-birlikda, qadri esa tinchlikdadir" shiori ostida tumanfagi 11-umumta'lim maktabida"Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" sport musobaqalari va koʻrik tanlovlarining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Sarke mahallasi yoshlari jamoasi, 2-oʻrinni Rahbarobod mahallasi yoshlari jamoasi qoʻlga kiritdi.

Musobaqa soʻngida tuman FVB tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari hamda 1-oʻrinni olgan  jamoaga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM