Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

♻️ Investitsiya dasturi: Toshkent tumanidagi Sarke mahallasida yuqori quvvatli ip yigirish zavodi ish boshladi

Toshkent tumanidagi Sarke mahallasi hududida “Uzyarn house textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazilgan ip yigirish zavodi ish boshladi.

📌 Ushbu korxonaga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son hamda 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son Qarorlariga asosan, “Tibbiy kalava ip yigirish va sochiq ishlab chiqarish” investitsiya dasturi ijrosi doirasida asos solingan bo’lib, loyiha qiymati 111,3 milliard so’mni tashkil etadi.

🔄 Bu yerga Germaniyaning “Truetzschler”, Shvetsariyaning “Sauer” hamda Turkiyaning “Temsan” kompaniyalari zamonaviy uskunalari keltirib o’rnatilgan.

Zavod to`la quvvatda ishga tushirilishi natijasida yiliga 180-200 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Korxonaning tantanali ochilish marosimi ushbu lavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

⚡️ Yangi supermarket ochilishi munosabati bilan 25 nafar o‘g‘il bolaga sunnat to‘yi o‘tkazildi

📢 Toshkent tumani markazida "Insaf" supermarketi o‘z faoliyatini boshladi.

🔖 Xizmat ko‘rsatish obʼektining ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Sababi, homiylik asosida 25 nafar o‘g‘il bolaga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi.

🇺🇿 Natijada, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi obʼekt taʼsischilari hokimlik tashabbusi bilan kam taʼminlangan oilalar farzandlarining o‘g‘il to‘yi marosimini o‘tkazishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

◀️ Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💫Nurhayotda yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

Toshkent tumani Nurhayot mahallasida kapital taʼmirdan soʻng 39-maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

🌟120 oʻrinli ushbu bogʻcha endilikda mahallada istiqomat qiluvchi va bogʻchaga borish uchun navbat kutayotgan bolajonlarni oʻz bagʻriga oladi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga tuhfa

Joriy yil 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent tumanida Tumanlararo "Perinatal markazi" ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash Vaziri Amrillo Inoyatov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga yana bir tuhfa

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent tumanida 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Agreppina Shin, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

👉 Batafsil

📹 Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

"Gulzor" Madaniyat markazi foydalanishga
topshirildi

Bugun, Toshkent tumani, 3-sektor hududi Qorasaroy mahallasida "Gulzor" Madaniyat markazi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm Vazirligi Vaziri Ozodbek Nazarbekov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Toshkent viloyati Ichiki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i Tohir Aripov, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov, Toshkent tumani IIB boshlig‘i Dilshod Mirzamamedovlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 28-noyabr sanasidagi PQ- 4038 son - “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish KONSEPSIYASINI tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek 2022-yil 2- fevraldagi PQ-112-son- “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorlari ijrosini taʼminlash xususan, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirishni taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish shuningdek, 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili»da amalga oshirishga oid vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan Toshkent tumani 3-sektor hududida qad rostlagan yangi 71- son "Gulzor" Madaniyat markazi 140 o‘rinli bo‘lib, 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Endilikda bu yerda nafaqat aholi madaniy hordiq olishi uchun turli xil madaniy-maʼnaviy tadbirlar, balki ulg‘ayib kelayotgan avlod vakillari uchun to‘garaklar ham faoliyat yuritadi. Bular: “Rassomchilik va libos yaratish”, “Raqs va badiiy gimnastika”, “Milliy cholg‘u-dutor”, “Zarbli cholg‘u” va “Gitara” to‘garaklari.

O‘ylaymizki ushbu to‘garaklar, hududda istiqomat qiluvchi o‘g‘il-qizlarimizni madaniyat va sanʼatga bo‘lgan muhabbatlarini oshirishga xizmat qiladi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

Suv ko‘tarish inshootlari ishga tushirildi


Bugun, Toshkent tumani aholisi uchun unutilmas kun. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3- martdagi PQ-2818- sonli qarori doirasida 3 ta suv ko‘tarish inshootlarini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi.

Toshkent tumanining Qirariq mahallasida bo'lib o'tgan tadbirda, "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruv raisi, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, deputatlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 1-bosqich 4-paket “MESMER-EAST” MCHJ tomonidan 3 ta - URV-2, URV-3, URV-4- Suv ko‘tarish inshootlari ishga tushirildi. Natijada Toshkent tumanining 26 ta mahallasi 214 ta ko‘chasi doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Kun davomida tadbirning to'liq tafsilotlari haqida videolavha ham uzatiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💦Toshkent tumanida 26ta mahalla uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlandi


Bugun, Toshkent tumani Qirariq mahallasida joylashgan 4-Suv ko‘tarish inshootini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda, "O‘zsuvtaʼminot" AJ boshqaruv raisi, tuman hokimi, deputatlar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Mahalla nuroniylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda, 3 ta URV-2,3 va 4 - suv ko‘tarish inshootlari faoliyatiga start berildi.

Tadbir davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi ham o‘tkazildi.

👉Batafsil

📹Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💫Toshkent tumanida «Nuroniylar maskani» tantanali ochildi

Joriy yil 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qaroriga binoan Toshkent tumani, Eʼzoz mahallasi Yangiobod koʻchasida Toshkent tumani “Nuroniylar Maskani”ning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

📍Maskanda nuroniylar uchun kutubxona, keksalar uchun maxsus trenajyor zali,tibbiyot xonasi,buvijonlar maktabi xonasi va oshxona faoliyati yoʻlga qoʻyilib, nuroniylar uchun xizmat qila boshladi.

💎Xususan, tuman “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida tumanimizdagi 17 ming 557 nafar nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish va ijtimoiy faolligini oshirish bilan jamiyatimizda munosib oʻringa ega boʻlishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirildi.

👍Shu bilan birga 15 nafardan iborat tuman “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” aʼzolari, 70 ta mahallalarda 954 nafar “Keksalar maslahati” guruhi hamda ”Buvijonlar maktabi” aʼzolari faoliyat olib bormoqda.

👑Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi 167-son va 2023-yil 11-martdagi PQ-92 son qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2024-yil yanvar-iyun oylari davomida nuroniylar ishtirokida 30dan ziyod maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💫Yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat boshladi

Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha taʼlim uygʻun rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bugun Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida "Muhlisaʼs Kindergarten" nomli 25 oʻrinli xususiy bolalar bogʻchasi tashkil etildi. Mahalladagi ishsiz 3 nafar xotin qizlar bandligi taʼminlandi.

Ushbu bogʻchaning ochilish munosabati bilan dasturlarda animatorlar, raqs va oʻyinlar, konkurslar, shirin dasturxon va yoqimli sovgʻalar bolalarga quvonch ulashdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillikning_33_yilligi
#Yangi_inshoot

Toshkent tumanida
yangi inshoot foydalanishga topshirildi

Toshkent tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Rasmiy ochilish marosimida tuman hokimi Sardorbek Ergashev, sektor rahbarlari va tuman deputatlari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda tuman aholisi 240 mingdan ziyodni tashkil etib, shundan 11 mingga yaqin Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hisoblanadi.

Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi 1,5 mlrd.soʻm homiylik mablagʻlari evaziga zamonaviy koʻrinishda qurib bitkazilib, xalqimizga xizmat koʻrsatish uchun foydalanishga topshirildi.   

Markazda 22 nafar va mahallalarda 26 nafar Ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritib, himoyaga muhtoj shaxslarga 50 dan ortiq xizmat va yordamlar koʻrsatadilar.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM