Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi mahallalar, muassasa va tashkilotlarda manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish va tevarak-atrofdagi daraxtlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

♻️ Jumladan,

👉 Aholi bandligiga ko`maklashish markazi hovlisida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi;

👉 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman bo’limi va G`aznachilik bo`linmasi xodimlari Majnuntol mahallasida mevali daraxt ko’chatlari ekishdi;

👉 Favqulodda vaziyatlar bo`limi 37-, 38-yong`in-qutqaruv qismlari xizmatchilari tomonidan dala chetlariga ko`chat ekish uchun yer maydoni tayyorlash ishlari olib borildi.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔹 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;

🔹 bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;

🔹 zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;

🔹 ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

♻️ Investitsiya dasturi: Toshkent tumanidagi Sarke mahallasida yuqori quvvatli ip yigirish zavodi ish boshladi

Toshkent tumanidagi Sarke mahallasi hududida “Uzyarn house textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazilgan ip yigirish zavodi ish boshladi.

📌 Ushbu korxonaga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son hamda 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son Qarorlariga asosan, “Tibbiy kalava ip yigirish va sochiq ishlab chiqarish” investitsiya dasturi ijrosi doirasida asos solingan bo’lib, loyiha qiymati 111,3 milliard so’mni tashkil etadi.

🔄 Bu yerga Germaniyaning “Truetzschler”, Shvetsariyaning “Sauer” hamda Turkiyaning “Temsan” kompaniyalari zamonaviy uskunalari keltirib o’rnatilgan.

Zavod to`la quvvatda ishga tushirilishi natijasida yiliga 180-200 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Korxonaning tantanali ochilish marosimi ushbu lavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Tanlov

📚 Toshkent tumani maktablarida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yosh kitobxon” tanlovi o`tkazildi

📌 Avval xabar berganimizdek, 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Toshkent tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Tafsilotlar “O’zbekiston 24” lavhasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reportaj

🚧 “G’ishtko’prik” chegara bojxona posti yopiladimi?

Tafsilotlar "Mening yurtim" telekanali "Hudud" informatsion dasturi lavhasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#jarayon

Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida “Mening shajaram” tadbiri bo’lib o’tdi

📌 Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Toshkent tuman bo’linmasi tomonidan “Оilalarda ма`naviy-ma`rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo’yicha mutasaddi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi Qo’shma Qarorning ijrosini ta`minlash maqsadida “Mening shajaram” aksiya tadbirlari o’tkazildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro
#Inson_qadri_uchun

🏘 Toshkent tumani 1-sektor hududidagi mahallalar faollari bilan muloqotlar o’tkazildi

📌 Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent tumanidagi 24 ta mahallada yo`l, elektr, gaz, ichimlik suvi ta`minotida Toshkent viloyatida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

♻️ Dasturga ko’ra rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, buning uchun ajratilayotgan pul mablag`lari hamda galdagi vazifalar borasida aholini boxabar etish maqsadida Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov rahbarligidagi 1-sektor mahallalari faollari bilan muloqotlar o’tkazildi.

Tafsilotlar ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллий саноатни янада ривожлантириш борасида мавжуд имкониятлар ва янги захираларни сафарбар этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию имеющихся возможностей и новых резервов для дальнейшего развития местной промышленности.

Facebook|Instagram|Twitter
#Ogohlantirish

‼️ Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi: Yong’in xavfsizligi bilan bog’liq profilaktik tadbirlar uchun bo’lim xodimlari tomonidan hech qanday pul yig’imlari undirilmaydi

⚡️ Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o’zlarini “Davlat yong’in nazorati organi xodimi”, “MChS xodimi” va “Pojarniy xodimi” sifatida tanishtirib, fuqarolardan “yillik to’lov” qabilida turli miqdordagi pul mablag’larini majburiy tarzda noqonuniy yig’ishi holatlari kuzatiladi.

📌 Favqulodda vaziyatlar bo’limi bu shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yo’qligini, shu bilan birga, yong’in va uning oldini olish bilan bog’liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig’imlari, boshqa turdagi to’lovlar undirilmasligini ma’lum qiladi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллий саноатни ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития местной промышленности.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter