Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

🟢Haydovchilik guvohnomasini olishda yoshlarga qanday imkoniyatlar mavjud?

Bugungi kunda yoshlar siyosati shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda ko'pchilikni qiziqtirgan savolga Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo'limi rahbari Oybek Abdulxayevdan aniq ma'lumot oldik.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Tashabbusli budjet jarayonida g'oliblar qachon va kim tomonidan e'lon qilinadi?

Ushbu jarayon tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 30- iyundagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi KQ213-sonli namunaviy nizomda belgilangan.

Joriy yil "Tashabbusli budjet" jarayonlarining birinchi mavsumi g'olib loyihalari 7-aprel kuni soat 10-00 da "Ochiq budjet" axborot portali orqali avtomatik tarzda e'lon qilinadi.

#tashabbusli_budjet #savol_javob

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🔰 Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:

➡️ Erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga toʻlganda toʻliq va mehnat staji kamida 7 yil boʻlganda toʻliqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qoʻyilgan.

📌 Ishsiz fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 78 turdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullansa hamda oʻrnatilgan tartibda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming soʻm) miqdorida ijtimoiy soliq toʻlovini toʻlasa, 1 yil mehnat stajiga ega boʻladi.

🔔 Demak, ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega boʻladi.

✔️ Hozirgi kunda, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 535 000 soʻmni tashkil etadi.

Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bogʻliq.

☄️ Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha koʻp toʻlasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori boʻladi.

Dilshod Muhiddinov,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

✔️ “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi “b” bandiga muvofiq:

- harbiy xizmat va partizan otradlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish;

- davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
_________________________________________________

Засчитывается ли в трудовой стаж служба в армии?

✔️ Согласно статье 37 (пункт «б») Закона "О государственном пенсионном обеспечении граждан":

- военная служба и пребывание в партизанских отрядах и соединениях;

- служба в органах государственной безопасности, Национальной гвардии Республики Узбекистан и в органах внутренних дел засчитываются
в стаж работы.

📞 11-40     🌐 pfru.uz

Dilshod Muhiddinov,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik #savol_javob

Savol: Respublikamiz hududida diniy mazmundagi risola, kitob va boshqa materiallar qaysi hujjat asosida tartibga solinadi?

Javob: Batafsil videorolikda

🌐Videorolik Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#savol_javob

Mehnat daftarcham maʼlum sabablarga koʻra yoʻqolgan. Men qanday pensiyaga chiqsam boʻladi?

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

👉 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

- maʼlumotnomalar;
- buyruqlardan koʻchirmalar;
- shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;
- mehnat shartnomalari;
- arxiv maʼlumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

☑️ Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud tartibida guvohlar koʻrsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM