Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#yashil_makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yoshlar
yashil makon uchun

Toshkent tumanidagi 10-umumta’lim maktabida
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo’limi yoshlar yetakchilari va sport murabbiylari bilan hamkorlikda "Yoshlar siyosati va sport vazirligi" bog’i tashkil etildi.

Umumhashar davomida bog’ga 100 dan ortiq mevali daraxt ko’chatlari qadaldi.

👉🏻Batafsil rolikda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon
#2_sektor

Madaniyat markazi hududida bogʻ yaratildi


Toshkent tumani 2-sektor hududida joylashgan Madaniyat markazi atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida daraxt koʻchatlari ekildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil oktyabr oyida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻtkazgan videoselektor yigʻilishlaridan soʻng 25-oktabrdan Toshkent tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi start olgan edi.

Kuni kecha esa 2-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari tomonidan Madaniyat markazi hududida bogʻ yaratish maqsadida 500 tup terak koʻchatlari yerga qadaldi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳Daraxt ekib-bogʻ yaratish ezgulik va ulugʻvorlik ramzidir


💫Toshkent tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirokida Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

👉Batafsil bu yerda o'qing

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon

IIB xodimlari 800 dona terak daraxti koʻchatlarini ekdilar


Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov tashabbusi bilan 3-sektor hududida joylashgan 10-umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga 800 dona terak daraxti koʻchatlari ekildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida oʻtkazilgan aksiyada 70dan ziyod ichki ishlar xodimlari ishtirok etdilar.

📷Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon

Toshkent tumanida "Deputatlar bogʻi" tashkil qilindi


Bugun, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga hissa qoʻshish hamda yashil maydonlarni barpo qilish maqsadida 22-umumtaʼlim maktabi hududida "Deputatlar bogʻi" tashkil qilindi.

Xalqimizning qadimiy anʼanalari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlandi, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-baraka soʻraldi.

Daraxt koʻchatlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bogʻlar hosil qilish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi va aksiya doirasida 100 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari, deputat Mirislom Usmonov.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi "
Yashil makon"da faol

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan joriy yil 29-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kecha Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan loyiha doirasida 1450ta manzarali va 50ta mevali daraxtlar ekildi.

Sanoat mahallasida oʻtkazilgan daraxt ekish aksiyasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qarashli 36,37,38-kasbiylashtirilgan yongʻin qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi faol ishtirok edi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱YANGI O‘ZBEKISTON-YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Toshkent tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman ahliga
MUROJAATI


Qadrli tumanimiz ahli!

Hurmatli mahalla yettiligi, ijtimoiy soha obʼektlari, fermer-dehqon xo‘jaligi, tomorqa yer egalari rahbarlari, tadbirkorlar va qabristonlarga biriktirilgan masʼullar!

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yashil maydonlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni keskin oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

Aynan shu vazifalarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida Toshkent tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi aksiyalarda barcha korxona-tashkilotlar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

Xususan, kecha "Toshkenttumangaz" gaz taʼminoti bo'limi xodimlari tomonidan ham korxonaga biriktirib berilgan Ahillik mahallasidagi bo‘sh yer maydoniga 380 tup terak daraxti ko‘chati ekilib, "Yashil bog" barpo qilish choralari ko‘rildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱Hashar-elga yarashar

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi.

Quvonarlisi, mamlakatimizda umumxalq hashari eʼlon qilinmasa-da, hasharda faol mahallalar bor.

Xususan, shu kunlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi koʻplab mahallalarda hashar oʻtkazilmoqda. Toshkent tumani 1-sektor hududiga karashli Farovon mahallasi ham aynan hasharda faol mahallalardan.

Kecha "mahalla yettiligi" tashabbusi bilan aholi hasharga chaqirilib, koʻchalar va xonadonlar obodonlashtirilib, gul va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM