Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

🚒 Yong’in-qutqaruv qismi maktab o’quvchilariga eshik ochdi

🧯 Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan Fayziobod mahallasida joylashgan bo`lim binosi va yong’in-qutqaruv qismida maktab o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

👨🏻‍🚒 Tadbir davomida o’quvchilarga zamonaviy loyiha asosida yangidan qurilgan binoda shaxsiy tarkib va qutqaruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yong’in-qutqaruv qismining texnik imkoniyatlari, yong’in o’chirish va qutqaruv maxsus texnika va qurollarining tuzilishi va ularni qo’llash borasida batafsil ma’lumot berildi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Yashil_makon

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi: Tok va meva ko’chatlarini parvarish qilish bo’yicha seminar o’tkazildi

📌 Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanidagi “Nosir jannat bog’lari” fermer xo’jaligi dala maydonida dala chetlariga tok va meva ko’chatlarini ekish ishlarini jadallashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tuman hokimligi, Qishloq xo’jaligi bo’limi va Fermerlar Kengashi hamkorligida amaliy seminar o’tkazildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” telekanalining “Nurafshon xabarlari” informatsion dasturi lavhasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝 Finlyandiya ta’lim tajribalarini aprobasiyadan o’tkazish uchun tanlab olingan maktab jamoasi a’zolari uchun malaka oshirish kurslari boshlangan.

♻️ Kurslarning maqsadi va birinchi kun tafsilotlari bilan A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlagan videodan tanishish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Qaror_va_ijro
#Inson_qadri_uchun

🔹 Toshkent tumani 3-sektor rahbari Hasanboy va Sag`bon mahallasi faollari bilan uchrashdi

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qarori bilan tasdiqlangan ilovada hududlardagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash masalasi hal etilishi belgilangan.

🏘 Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent tumanining 24 ta mahallasida yangilanishlar amalga oshiriladi.

🔰 Shu munosabat bilan, Toshkent tumani IIB boshlig`i – 3-sektor rahbari Dilshod Mirzamamedov boshchiligida sektor hududidagi Hasanboy va Sag`bon mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etilib, ushbu mahallalarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar borasida mahalla faollarining fikrlari tinglandi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Qaror_va_ijro
#Inson_qadri_uchun

🔰 Toshkent tumani 4-sektor rahbari Ixtiyor Xo`jayarov Beshterak va Ko`hinur mahallalari aholisi bilan muloqot qildi

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent tumani Ko'ksaroy hududida ham mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

💬 Shu munosabat bilan 4-sektor rahbari Ixtiyor Xo`jayarov Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Mirislom Usmonov bilan birgalikda sektor hududidagi Beshterak hamda Ko`hinur mahallalarida bo`lib, aholi va mahalla faollari bilan ochiq muloqot qildilar hamda dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar hamda buning uchun ajratilayotgan mablag` bo`yicha mahalla ahliga axborot berdilar.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-sonli qaror bilan tasdiqlangan "Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga izoh

👉 Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Qaror_va_ijro
#Inson_qadri_uchun

🏘 Toshkent tumani 2-sektor hududidagi mahallalar infratuzilmasida qanday o`zgarishlar bo`ladi?

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent tumanidagi 24 ta mahallada yo`l, elektr, gaz, ichimlik suvi ta`minotida Toshkent viloyatida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

🔹 Jumladan, tuman prokurori Alisher Nazarov rahbarligidagi 2-sektor mahallalarida ham aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalar o`z yechimini topib, bir qator qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanish arafasida.

💬 Shu munosabat bilan, sektor rahbari Alisher Nazarov hududdagi mahallalar aholisi bilan uchrashib, faollar bilan muloqot qildi.

📸 Suratlarda: Toshkent tumani 2-sektor rahbari Alisher Nazarov Rahbarobod va Avliyo ota mahallasi aholisi bilan muloqotda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website