Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ekoturizm #Quyi_Chirchiq

FOTO SANʼATI USTALARI QUYI CHIRCHIQDA JAM BOʻLDI

Mezon – kuzning eng goʻzal va fusunkor pallasidir. Foto sanʼati ustalari uchun bu kunlar oʻziga xos ilhom bagʻishlaydi, xazonrezgi bogʻlar, hosilga toʻliq dalalar, yetilgan mevalar – peyzaj, portret, etyud, qoʻyingchi, barcha janrlarda suratlar olishga eng qulay payt.

Bugun Quyi Chirchiq tumanining “Madaniyat” MFY hududida ekoturizm yoʻnalishida oʻziga xos media-tur oʻtkazildi. Unga respublika. viloyat va hududiy nashrlarning fotograflari taklif etildi. Tashkilotchilar tomonidan suratlar uchun kerakli detallar, personajlar, ishchi muhit, oʻziga xos tasvirga olish maydonchasi tashkil etildi.

Ertaga dam olish kuni. Viloyatimizda havo ochiq, quyoshli boʻlishi kutilmoqda. Oila aʼzolaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda donishmand kuzning dilbar lahzalaridan bahra olish uchun tabiat qoʻyniga chiqing, madaniy xordiq chiqaring.

Lokatsiya

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter