Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi to‘g‘risida axborot

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlamoqda.

Xususan, tumanning iqtisodiy salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani oqibatida qoloqlik vujudga kelgani, buning oqibatlari atroflicha tanqidiy tahlil qilindi.

Achinarlisi shundaki, dedi Zoyir Mirzayev, joriy yilning 1-iyul holatiga tumanda mavjud 4508 ta kichik tadbirkorlik sub’yektidan 43,7 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Biroq, bu raqamlar xalqdan yashirilgan, tuman gazetasida, hokimlik veb saytida bu ochiq ma’lumotlar chop etilmagan, holat mahalliy Kengashda muhokama qilinmagan.

Sessiya ishi davom etmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat sektor rahbarlari, faollar ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimi tumandagi ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarga toʻxtalar ekan, maktab ishini tashkil etishda mahalliy hokimlikning oʻrni sezilmayotganiga eʼtibor qaratdi.

Sogʻliqni saqlash sohasida ham vaziyat qoniqarli emasligi taʼkidlandi. Masalan, 2023-yilning 6 oyida tumanda 18 ta holatda bolalar oʻlimi yuz bergan boʻlsa, joriy yil 6 oylik yakunlariga koʻra, mazkur koʻrsatkich oshgan.

Yoshlar bilan ishlash sohasida ham ahvol maqtanarli emas, dedi Zoyir Mirzayev. Jumladan, rahbarlar oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan astoydil ishlamagan, ularning 77 foizida muammolari hal etilmagan, rahbarlar bevosita uchrashmagan.

Sessiya oʻz ishini davom ettirmoqda.


Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy tahliliy nutq soʻzlayotgan Zoyir Mirzayev tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi vaziyatga toʻxtaldi.

Xususan, joriy yil boshidan buyon aholidan 985 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, bunda muammo “koptok” qilinayotgani, aksariyat qismi hal etilmay, qogʻozbozlik avj olgani fuqarolarning gʻashini keltirayapti, ishonchiga darz ketayapti.

Vaholanki, ular koʻtarayotgan masalalarning koʻpi lokal darajada hal qilsa boʻladigan muammolardir.

Masalan, fuqaro Xoʻjayev Said tomonidan mahallani shagʻallashtirishni soʻrab ariza yozilgan. Ariza 60 kunda ham koʻrib chiqilmagan va fuqaro yuqori turuvchi idoralarga yozishga majbur boʻlgan. Yoki fuqaro Roʻzmatova Raʼno tomonidan transport masalasida soʻrab qilgan murojaati 70 kunda ham koʻrib chiqilmagan.

Tumanda yerdan foydalanish achinarli ahvolga kelgan. Mavjud bogʻ-rogʻlarning 67 foizi yaroqsiz holatga kelgan. Fermer xoʻjaliklarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish zarurati kelganligi qayd etildi. Tumandagi fermer xoʻjaliklarining 74 foizida aqalli bittayam texnika yoʻq. Yerning haqiqiy egasi dalaga umuman bormaydi, xoʻjasizlik oddiy holga aylangan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining sessiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi tanqidiy ruhda oʻtmoqda.

Tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Odilxon Rustamov yoʻl qoʻygan bir qator kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan edi.

Sessiya ishidan tashkiliy masala koʻrildi. Zoyir Mirzayev Toshkent tumani hokimi lavozimiga Sardorbek Ergashev nomzodini tavsiya qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqanlar, tumanda vaziyatni yaxshilash boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining qarori bilan Ergashev Sardorbek Qodirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi Mahorat koʻchasida yashovchi bir guruh fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllagan murojaati yuzasidan:


Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi hududida 2021-2022 yillarda "Loyihachi OMAD ISHONCH LOYIHA" MCHJ quruvchi "STEM QURILISH" XK tomonidan 7.5 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 53 dona suv nazorat quduqlari oʻrnatilgan.

Chuvalachi suv inshootida suv quduqlarini qurish va 2 ta koʻtarma nasos stansiyasi qurish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda qurilish ishlari tugatilmaganligi sababli aholi tomonidan noroziliklar koʻpaymoqda.

Murojaatlarning aksariyatida suv tarmoqlari oʻtkazish ishlarini tezroq yakunlab, toza ichimlik suvi berilishi va koʻchalarni taʼmirlash soʻralmoqda.

Shu sababli 2024-yil 2-chorakdan boshlab “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Toshkent tuman filial xodimlari tomonidan tarmoq tortish va quduqlarni oʻrnatish ishlari boshlangan.

Bir soʻz bilan aytganda, Toshkent tumani Chuvalachi hududi aholisini tez kunda toza ichimlik suvi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Avliyo ota mahallasidagi koʻchadan katta koʻchaga chiqishda chorraha boʻlmaganligi sababli yuzaga kelayotgan tirbandliklar borasida "Milliy" telekanalining "Millar" dasturida uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Avliyo ota mahallasidagi koʻchadan katta koʻchaga chiqishda chorraha boʻlmaganligi sababli yuzaga kelayotgan muammoli masala ayni kunlarda Toshkent tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi va tegishli organlar tomonidan oʻrganilmoqda.

Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Zahariq mahallasidagi toza ichimlik suvi, ichki koʻchalar asfalti masalasi yuzasidan "ZOʻR TV" telekanalining "Bu kun" dasturida efirga uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududida hozirgi kunda pudrat tashkilot “China Geo Engineering Corporation” kompaniyasi (Xitoy) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2818 qaror loyihasi asosida tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shartnoma 2021-yil 12-dekabr sanasida imzolangan boʻlib tarmoq tortish ishlarini yakunlash muddati 2024-yil 15-fevralga belgilangan. Biroq, 2020-2021-yillarda hukm surgan COVID pandemiyasi tufayli ishlar surilib, joriy yil 31-dekabr sanasigacha yakunlash belgilangan.

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududidagi ichimlik suvi tarmogʻi tortish ishlari toʻliq yakunlangach koʻchalar taʼmirlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 2 ta umumta’lim maktabida mavjud muammolar qalamga olingan maqola uzatildi.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi 22-sonli umumta’lim maktabidagi faollar zalida qurilish ta’mirlash ishlari hali to‘laligicha yakuniga yetkazilmagan. Ayni paytda, so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari nihoyasiga yetgach, zal to‘liq jihozlanadi. Shuningdek, pudrat tashkilotining qurilish va ta'mir ishlarida kamchiliklar aniqlanganligi sababli, ayni kunlarda quruvchiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

Tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabida faollar zali, qizlarga va o‘g‘il bolalarga texnologiya xonalari, kurash zali, oshxona, sport kompleks va yugurish maydonchasi qurilishi uchun mahalliy budjetdan 4 253 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Moliyalashtirilgan mablag‘lar evaziga, ayni paytga qadar bajarilgan ishlar 65 foizni tashkil qiladi. Shu kunga qadar suvoq ishlari 100 foizni, tom qismi 100 foiz, ichki pardozlash 70 foiz, montaj ishlari 100 foizga bajarilgan. Pudrat tashkilotga buyurtmachi tomonidan pul mablag'lari to'liq o'tkazib berilmaganligi munosabati bilan yakunlash ishlari ortga surilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tadbirkor va aholi oʻrtasidagi mojaroga kim yakun yasaydi?


Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo'lgan Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan “suyaklarni qayta ishlash sexi” borasidagi xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Boshqarmasining sanitariya qoidalari va meʼyorlarida koʻrsatilgan talablarga asoslangan holda Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga qarashli baliqlarga ozuqa yemi tayyorlaydigan ishlab chiqarish sehi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi 2020-yil 24-dekabrdagi daʼvo arizasiga asosan 2021-yil 7-yanvar sanasida Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori tayinlangan.

Hal qiluv qaroriga muvofiq, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining nazorati Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga topshirilgan. Hal qiluv qarori ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga yoʻnaltirilgan. Biroq, viloyat sudi organidan MIBga ijro varaqasi joʻnatilmaganligi sababli ushbu hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash imkoni boʻlmagan.

Hal qiluv qaroriga koʻra YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ishlab chiqarish sehida faoliyat yuritishi va ozuqa yem tayyorlashi mumkin emas deb topilgan boʻlsada, korxona yuqoridagi talablarga rioya etmagan holda oʻz faoliyatini toʻxtatmagan.

Ayni kunlarda, Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat yoʻllanib, № 4-1101-2002/981-sonli Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xal qiluv qarori ijro varaqasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga joʻnatishni taʼminlash borasida saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ijro varaqasi MIB organlariga taqdim etilganidan soʻng, YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga nisbatan tegishli chora koʻrilishini va fuqarolar murojaatlari ijobiy hal qilinishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida viloyatimizda yangi lavozimda ish boshlagan rahbarlar tanishtirildi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi, yuqori turuvchi idoralar rahbarlarining tegishli qarori bilan:

Mirsultonov Miraziz Bahromovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Odilov Olim Homidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Ubaydullayev Umidjon Raimqulovich Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimiga;

Isroilov Farhod Obidxoʻjayevich “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi DUK boshligʻi lavozimiga;

Olim Sulaymonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM