Forwarded from Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal
#Munosabat
“Toshkent tumanida ‘ko‘cha soliqchilari‘ yo‘lni to‘sib, janjal qilishmoqda” izohi bilan tarqatilgan video xabar yuzasidan
Mazkur holat Toshkent tumani IIB tomonidan o‘rganilib, voqeada ishtirok etganlarning barchasi gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. Holatga huquqiy baho beriladi.
Batafsil👉 https://bit.ly/3Ewuilc
| Telegram | Youtube | Website|Instagram |

#MUNOSABAT
⚡️Notoʻgʻri tahlil-saʼy-harakatlar zavoli
Kuni kecha Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” kanali “Maxsus reportaj” koʻrsatuvida muxbir Izzat Eshboyev tomonidan “Najot – maktabda, najot – taʼlimda, najot – bilimda!” sarlavhasi ostida tahliliy material efirga uzatilgan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axboroti asosida Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi taʼlim muassasalarining milliy reytingi tahlili teletomoshabinlar hukmiga havola etildi.
Reportajda, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarining 2021 yil natijalariga koʻra milliy reytingi namoyish qilinib, tahlillarni oʻqib eshittirishda Toshkent tumanidagi taʼlim muassasalari eng past natija koʻrsatganligi taʼkidlandi.
Biroq, attestat.uzedu.uz saytidan olingan haqqoniy maʼlumotlarga koʻra 2021 yilda 2050 nafar bitiruvchilardan 142 nafari (6,9 foiz) DTM natijalariga asosan talaba boʻlganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy va xususiy oliy taʼlim muassasalariga 306 nafar (14,9 foiz) bitiruvchilari qabul qilinganligini guvohi boʻlishingiz mumkin.
Shunday boʻlsada, Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi maʼlumotlariga asosan tahliliy koʻrsatuv tayyorlagan muxbir Toshkent tumani taʼlim muassasalari bitiruvchilarining OTMga qabul qilinishi reyting koʻrsatgichi 21,8 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, ushbu raqamni 2,18 foiz koʻrinishida oʻqigan va raqamlarda koʻrsatgan. Eng achinarlisi, koʻrsatuv muxbiri tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar natijasida Toshkent tumanida faoliyat yuritadigan 1675 nafar pedagog xodimlarning taʼlim-tarbiya berishdagi saʼy-harakatlariga juda past baho berildi va bu holat oʻqituvchilarning kayfiyatiga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, attestat.uzedu.uz saytidan olingan haqqoniy maʼlumotlarga koʻra Toshkent tumani Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari reytingi yuqori oʻrinlarda boʻlmasada, “Maxsus reportaj” koʻrsatuvida koʻrsatilgani kabi eng soʻnggi oʻrinlarda ham emasligini inobatga olgan holda, Toshkent tumanidagi umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining OTMga qabul qilinishi milliy reytingiga bagʻishlangan koʻrsatuvda namoyish etilgan statistik maʼlumotlarni qayta koʻrib chiqilishini va notoʻgʻri maʼlumot berilgan koʻrsatuvni efirga uzatishdan toʻxtatilishini soʻraymiz.
Toshkent viloyati Toshkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari pedagoglari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
✨“Chigʻatoy” mahallasidagi jarlik tozalanmoqda
♻️Kuni kecha MY 5 telekanalining “Markaziy studiya” koʻrsatuvida Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasidan oqib oʻtadigan jarlikdan chiqayotgan badboʻy hid borasida fuqaro murojaatiga asosan oʻrganilgan holat namoyish etilgan edi.
⚡️Ushbu videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
❇️Toshkent tumani “Chigʻatoy” mahallasi Jar-ariq koʻchasidan oqib oʻtadigan jarlik atrofida aholi tomonidan tashlangan koʻplab chiqindilarning toʻplanishi, shuningdek ishlab chiqarish korxonalari hamda koʻp kvartirali uy-joylarning oqava suvlari chiqazib qoʻyilganligi sababli badboʻy hid taralib, aholiga noqulaylik tugʻdirib kelgan.
✅Aholi tomonidan yoʻllangan murojaatlar natijasida ushbu jarlikka tashlangan chiqindilar va oqava suvlarni tozalash hamda muammoni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Jarayon
Zoyir Mirzayev Zangiota tumani “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishining nima sababdan toʻxtab qolgani, ushbu obyekt buyurtmachisi – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda ushbu obyekt quruvchisi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻprik-qurilish tresti mutasaddilari keltirilgan vajlar asosli ekanligi boʻyicha tomonlar ishtirokida, joyida muhokama oʻtkazdi. Jarayonni lavhamizda tomosha qiling.
✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Zoyir Mirzayev Zangiota tumani “Nazarbek” qoʻrgʻonidagi koʻprik qurilishining nima sababdan toʻxtab qolgani, ushbu obyekt buyurtmachisi – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda ushbu obyekt quruvchisi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻprik-qurilish tresti mutasaddilari keltirilgan vajlar asosli ekanligi boʻyicha tomonlar ishtirokida, joyida muhokama oʻtkazdi. Jarayonni lavhamizda tomosha qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi yuzasidan Toshkent tumani Xalq ta'limi bo'limi metodist-psixologi Barno Rustamovaning munosabati.
✅ Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mirislom Usmonovning munosabati.
✅ Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
🔰 Qonun talablari va inson huquqlari biz uchun oliy qadriyat
📢 Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasini tinglagan yoki o‘qigan kishi bunga to‘la ishonch hosil qiladi. Zotan, Prezident o‘z maʼruzasida sohaga alohida eʼtibor qaratdi. Tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalarni aniq belgilab berdi.
➡️ Batafsil bu yerda o'qing ⬅️
✅ Mirali Mirraximov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining raisi.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
MUFTIYAT ICHKI NAZORAT KOMISSIYASI IMOM AVAZXOʻJA.BAHROMOVNING XATTI-HARAKATINI MUHOKAMA QILDI
Shu yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yigʻilishida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov masalasi koʻrib chiqildi. Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilindi.
Yigʻilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo toʻgʻri kelmasligiga alohida urgʻu qaratildi. Ayniqsa, ichki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish”, va “oʻzining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini koʻrish” degan bandlarning A.Bahromov tomonidan qoʻpol ravishda buzilishi deb baholandi. Shuningdek, A.Bahromov arab tili oʻquv kurslarida dars berishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasini belgilangan tartibda xabardor etmagani ham alohida qayd etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diniy soha xodimlarini jamiyatda oʻzini tutishi, odamlar bilan munosabatda namuna koʻrsatishi, imomlik maqomiga munosib boʻlishi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan avval ijroga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarda ham imom-xatib tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga amal qilishi va mehnat majburiyatlariga rioya etishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan edi.
Afsuski, Avazxoʻja Bahromov mazkur xatti-harakati bilan meʼyoriy hujjatlar talablarini qoʻpol ravishda buzib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mazkur yoʻnalishdagi buyruqlari, ichki tartib qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga rioya etmagani maʼlum boʻldi.
Ichki nazorat komissiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qildi. Shuningdek, bunday shaxslarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida oʻrin yoʻqligi alohida taʼkidlandi.
Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Avazxoʻja Bahromovning mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib borayotganini maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

“Besabrning nafsi shoshar, tusagani kuzda pishar”.
Eshitdingizmi? Koʻksaroy mahallasi Koʻksaroy shoh koʻchasida yangi asfalt qilingan koʻchaning bir tomoni choʻkibti.
Mahalla aholisining aytishicha, Toshkent tumani Koʻksaroy mahallasi, Koʻksaroy shoh koʻchasining “Open byudjet”dan keyin shu koʻrinishga kelib qolishi ehtimoli yuqori boʻlgan va yoʻllar choʻkishini oldini olish chorasini koʻrish mutasaddilardan soʻralgan.
Aslida-chi? Aslida Koʻksaroy ahli koʻchani asfalt qilinishini tezlashtirish talabi bilan qayta-qayta shikoyat qilgan vaqtida, Koʻksaroy shoh koʻchasiga Osiyo taraqqiyot bankining mablagʻlari evaziga (ABR loyihasi) toza ichimlik suvi quvurlari yotqizilganiga koʻp vaqt oʻtmagan boʻlgan va texnik talablarga koʻra suv quvurlari joylashishi jarayonida yoʻl choʻkishi ehtimoli ortishi va ayni vaqtda koʻchalarni asfalt qilish maqsadga muvofiq emasligi bir necha marotaba tushuntirilgan.
Ming afsus, tushuntirish ishlaridan soʻng ham aholi tez fursatda koʻchalarini asfalt qilish talabidan voz kechmagan va talabning tezkor bajarilishi hamda yuk mashinalarining qatnovi oqibatida yangi asfalt qilingan yoʻllarning ichimlik suvi quvurlari joylashgan tarafi choʻkib, yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Xulosa shuki, har doim ham talabni kechiktirmasdan bajarish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
Koʻksaroy shoh koʻchasi shu ahvolda qoladimi?
Albatta yoʻq. Ayni kunlarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan buzilgan yoʻllarning laboratoriya xulosalari (boshqa choʻkmasligi haqida) olinmoqda. Ushbu yoʻlga tegishli hujjatlar toʻplangach joriy yilning avgust oyiga qadar koʻchalarni qayta taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

"Yoshlar" telekanalining informatsion dasturida Toshkent tumani “Darxon” mahallasidagi ichki yo‘llar ikki joydan to‘sib qo‘yilgani fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✅ Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Ijtimoiy tarmoqlarda keng omma eʼtiborini tortish maqsadida "Toshkent viloyati Toshkent tumani shifoxonasidagi holat ekan" nomi bilan tarqatilgan provokatsion xabar yuzasidan munosabat.
📹Batafsil videolavhada.
P/S: Eski, ushbu hodisaga mazmunan toʻgʻri kelmaydigan gaplarni qayta-qayta aytishdan kim manfaatdor?