Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
906 subscribers
3.12K photos
471 videos
1 file
954 links
Download Telegram
Qo‘mita raisi tomonidan ta’kidlanganidek, bugun yurtimizda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 200 mingdan oshdi, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining 120 mingdan, xususan, fermer xo‘jaliklarining 4 mingdan ortig‘ini xotin-qizlar boshqarmoqda.
📍 Kelgusi ikki yilda kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish bo‘yicha ulkan maqsad qo‘yilgan.
Prezident farmoni bilan joriy yildan boshlab ayollarning kichik biznes va xususiy tadbirkorligini tashkil etish uchun 100 mln dollar ajratildi.
“2024-2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi.
Oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi mahallalarda xotin-qizlar taklif etayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Shu maqsadda ular uchun har bir hududda hunarmandchilik va tadbirkorlik markazlari, klasterlar tashkil etilib, ularda 205 ming nafar xotin-qizimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va tadbirkorlik asoslarini o‘rganadi.
Shuningdek, “Yoshlar daftarchasi”ga kiritilgan 8 ming nafar xotin-qiz va qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, texnika sotib olishi uchun subsidiyalar, 10 ming nafariga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Malakali mutaxassislar ishtirokida 50 ming nafar yosh ayollar uchun “Biznes marafon” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha doirasida yuzlab iqtidorli qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

🌐Veb sayt |🌐Facebook
🌐Instagram |🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat agrar universitetida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyeva, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin qizlar bisjqarmasi boshligʻi Sh.Sultanova hamda mas’ul idoralar rahbar xodimlarining tadbirkorlar va soha vakillari bilan muhokama uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad ishsiz xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb qilish hamda xotin-qizlar bandligi uchun yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan keng xabardor qilishdan iborat.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o’rinbosari Samadov Alisher Baxodirovich kirish so’zi bilan ochib berdi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Parpiboyeva Ozoda Abduqodirovna o’z fikrlarini bildirdilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM