Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
872 subscribers
5.36K photos
746 videos
1 file
1.54K links
Download Telegram
Bektemirda “Mahalla Ligasi – 2025” tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

🏆 Bugun Bektemir tumanidagi 2-son sport maktabida “Mahalla Ligasi – 2025” sport musobaqalarining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

⚽️ Tadbir Bektemir tuman hokimligi, tuman Mahalla uyushmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda sport maktablari hamkorligida o‘tkazildi.

🎯 Musobaqalarda 30 yoshdan oshgan fuqarolar faol ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar:
⚽️Mini-futbol
🔸Shashka
Shaxmat
🏓Stol tennisi
💪Work out (sport mashqlari)

🔰Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, mahallalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, o‘rta yoshdagi fuqarolarni jismoniy faollikka jalb etish maqsad qilingan.

🏅G‘olib jamoalar endi shahar bosqichida Bektemir tumani sharafini munosib himoya qiladilar.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍 Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱Instagram 📱Facebook 🕊 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Olmazorda “Mahalla ligasi” musobaqasi tashkil etildi

Prezident tashabbusi bilan yoshlar va xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Olmazor tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan tumandagi mahallalar o‘rtasida “Mahalla ligasi” sport musobaqasi tashkil etildi.

Olmazor tumani sport maktabida “Mahalla ligasi” sport musobaqalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, ayniqsa 30 yoshdan oshganlar faol ishtirok etdilar. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshi katta avlod vakillarining yoshlarga o‘rnak bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

#Dolzarb_90_kun

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
👍3
O‘zbekistonda zo‘ravonlarga psixologik yordam ko‘rsatiladi

Endilikda mamlakatimizda kuch ishlatadigan yoki tajovuzkor muomala qiladigan shaxslarga nisbatan “qayta tarbiyalash” tizimi joriy etilmoqda.

“Inson” markazlari har bir holat bo‘yicha individual dastur tuzadi: psixolog bilan ishlash, xulq-atvor terapiyasi va boshqa usullar orqali toksik xatti-harakatlarni o‘zgartirish maqsad qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
🤷‍♀1👍1
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
“Oila – muqaddas” degan ezgu g‘oya asosida “Oila obod bo‘lsa – yurt obod bo‘ladi” hamda “Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Unda oilaning jamiyatdagi o‘rni, barqarorlikning kelajak avlod tarbiyasiga ta’siri va ajrimlarning salbiy oqibatlari keng yoritildi.

Shuningdek, “Yurt kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz”, “Kiyinish madaniyati – kishining tashrif qog‘ozi”, “Libos – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” kabi mavzularda ham suhbatlar o‘tkazildi. Kiyinish madaniyati orqali shaxsning ma’naviyati va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritildi.

Mazkur tadbirlar oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashda, yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
👍3