Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.32K photos
696 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Zakovat

Zukkolar zakovatda

🔰 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilaridan iborat jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining chorak final bosqichi o‘tkazildi.

Chorak final o‘yinlarida quyidagi jamoalar ishtirok etishdi: H team, Sunrise, Future leaders, Eyforiya.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan Zakovat o‘yinlarida 7-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan ʼʼEyforiyaʼʼ hamda 8-sinf o‘quvchilaridan iborat H team jamoalari yuqori natija bilan keyingi turga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bilimdonlarimizga kelgusi turlarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#Zakovat

🗓2022-yil 21-sentabr kuni OʻzR Prezidentining “ZAKOVAT🎓INTELLEKTUAL O‘YININI AHOLI O‘RTASIDA OMMAVIY-MA’RIFIY HARAKATGA AYLANTIRISH VA BOSHQA INTELLEKTUAL O‘YINLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Zakovat” NNT muassisligida tashkil etilgan Oʻquvchilar ligasining 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda poytaxtimizdagi maktablarda tahsil oluvchi bilimdon yoshlar jamoalari oʻzaro bellashdi.

Yuqorida ta'kidlangan PQ-96-sonli qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha Toshkent shahridagi Prezident maktabida zarur chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyilgan, maktabda “Intel Liga” intellektual klubi faoliyati qayta tashkil etilib, unga “Zakovat” Professional ligasi ishtirokchisi Iqboljon Kamolov rahbarlik qilib kelmoqda. Uning jamoasi Oʻquvchilar ligasining 1-turida faol ishtirok etib, yuqori natijaga erishishga harakat qilishdi.
1-tur yakuni boʻyicha rasmiy natijalar tez orada eʼlon qilinadi.📊

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook