Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.29K subscribers
5.89K photos
752 videos
60 files
2.33K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Millat_bayrogʻi
#Zakovat
#Prezident_maktabi

🇺🇿18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual musobaqasidan fotolavhalar

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Hamkorlik
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari o'rtasida "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida turnir tashkil etildi.

🐍”Besh muhim tashabbus” doirasida o’tkazilgan ushbu turnirda bir qancha sport turlari, xususan, yosh toifasiga ko'ra futbol, yigitlar va qizlar o'rtasida voleyboll, shaxmat, stol tennisi hamda “Zakovat” intellektual o'yinlari bo'lib o'tdi.

Bu kabi “O’rtoqlik uchrashuvlari” o’quvchilarning sportga bo’lgan qiziqishini oshiribgina qolmay, ular o’rtasidagi ijobiy raqobatni shakllantiradi, jamoaviy ishlash ko’nikmasini rivojlantiradi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Milady club" loyihasining navbatdagi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Unda o’quvchi-qizlar "Sinnabon" pishirig'ini tayyorlashni o’rganishdi va bu jarayon qizlarning pishirish mahoratini hamda hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini ham shakllantirdi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM