Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.04K subscribers
5.35K photos
696 videos
60 files
2.16K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson Vatandan ayro yashay oladimi?

🎥 1-qism

Mazkur loyihamiz o'quvchilarimizning mustaqil fikrlarini shakllantirish hamda ulardagi Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirish uchun tashkil qilinmoqda.


Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Birinchi raunddan keyin kuchli yigirmatalikda ham yo‘q edik”

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi a’zolari musobaqa haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aytish kerakki, jamoa rostdan ham “kambek” amalga oshirdi. 1-turdan so‘ng 30-o‘rinni egallab turgan jamoa turdan-turga o‘z natijasini yaxshilab bordi va yakunda qo‘shimcha savollar orqali 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI
O'QUVCHILARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" TURNIRI⚡️
💫O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan 19-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida "O'zbek tili- milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida tantanali til bayrami kechasi tashkil etildi.

Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan har bir millatning o'zligini anglatuvchi xush kalomlar sof o'zbek tilida yangradi. Til sha'niga atab she'rlar ijro etildi, dil torlarini chertuvchi qo'shiqlar yangradi.

Bundan tashqari, bayram kechasi davomida "Savodxonlik tanlovi" ning so'nggi final bosqichi o'tkazilib, ushbu musobaqaning mutlaq g'olibi 10-"Blue" sinfi o'quvchisi G'ulomov Abdullohga "Yilning eng savodxon o'quvchisi-2023" kubogi hamda maxsus sovg'alar taqdim etildi.

📝Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek,
«Ko'ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so'z bil». 
Zero, Ona tilimiz – millatimizning ruhi, tariximizning ko‘zgusi, milliy ma’naviyatimizning asosidir.

Shunday ekan, ona tilimizni e’zozlash, munosib hurmat ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir! 

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamyurtlar!


🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj
#ona_tilim_faxrim

⚡️"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"

Toshkent shahridagi Prezident maktabi #ona_tilim_faxrim chellenjini qabul qilib oldi va ushbu chellenjni davom ettirish uchun Jizzax shahridagi Prezident maktabiga topshiradi.

💫 Chellenjda siz ham faol ishtirok eting.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklaydi!

Moziydan yangraydi Navoiy boʻlib,
Mardona misoli - Temurning tigʻi.
Dunyoga taralib bormoqda sekin,
Quyoshning nuriday oʻzbegim tili.

Sen Bobur koʻksida titragan nola,
Shiroqning qonidek sachragan ohang.
Ajdodlar ruhila aylagan parvoz,
Bulbulning ohiga boʻlib hamohang.

Shevalar ichida erkalanar goh,
Jaydari xalqimning suhbatida jo.
Navoga solishib kuylasalar gar
Eshitgan yuraklar boʻlar mubtalo.

Satrlar teramiz saradan sara,
Yaratganning bergan hadiyasida.
Har kuni oʻzbegim kuyladi uni,
Abdulla Oripov madhiyasida.

✍️Raʼno Tajiboyevna
🎤Diyorbek Jo'raboyev Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💫 Ayni damda Toshkent shahridagi Prezident maktabida Modul BMT tadbiri bo'lib o'tmoqda


🔴Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tashabbusi bilan "Yaqin kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan dunyo muammolari va ularni bartaraf etish yo'llari" mavzusida bo'lib o'tayotgan Modul BMT tadbirida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari o'quvchilari ishtirok etmoqda.


Ushbu tadbirda
"O'rta Osiyodagi suv yetishmovchiligi", " Muhojirlarga yordam berish yo'llari" va "Su'niy intellekt sababli kelajakda ko'payadigan ishsizlik muammolari va ularning yechimi" mavzularida muhokamalar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM