Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.06K subscribers
5.28K photos
685 videos
60 files
2.13K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#fakt
#imtihon_2023

❗️Prezident maktablarining imtihon savollari xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Unga binoan Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari to‘liq mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan savollar yuzasidan rasmiy munosabat

Xabaringiz bor, 15-iyul kuni barcha Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 smenada bo‘lib o‘tdi.

Turli ijtimoiy tarmoqlarning "1-smena savollari 2- va 3-smenada ham takrorlangan" deya, xavotir bilan bildirayotgan fikr-mulohazalari asossiz.

Hurmatli ota-onalar, shuni ma’lum qilamizki, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqib mazkur birinchi bosqich imtihonlari 3 smenada 3 xil variantda tashkil qilingan. Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti har yili imtihon savollarini zaxirasi bilan taqdim etadi.

Agar talabgorlar soni bundan ham ko‘p bo‘lib, yanada ko‘proq smenada tashkil qilganida ham shuncha smenaga mos har xil variantlar taqdim etilgan bo‘lardi. Bir smenada berilgan savollar keyingi smenalarda aynan qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi saralash bosqichi hisoblanib, udan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi Respublika bo‘yicha bir vaqtda va 1 smenada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi asosiy bosqich imtihonlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib ko‘radilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔬To‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun Shvetsariyaga jo‘nab ketdi.

Ulardan uch nafari Agentligimiz tizimidagi maktablarning o‘quvchilari!

📝Terma jamoa tarkibi:
Mahmudov Abdulloh – Toshkent shahridagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Hakimova Shahzoda – Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Nazarov Azizbek – Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

🧪Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi hamda birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani haqidagi xabarlarga RASMIY MUNOSABAT

Steve King
, Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi:

— Salom, men Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkilotidan Steve Kingman.

O‘zbekiston Prezident maktablariga qabul imtihonlari haqida gapirib o‘tsam, 2019-yildan buyon va bu yil ham tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va o‘quvchilarni saralashda, natijalarni e’lon qilishda ishtirok etadi.

Har yili O‘zbekistonda minglab talabgorlar 14 ta hududdagi Prezident maktablariga kirish uchun bellashadilar.

Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta’minlashga intildik.

Murojaatchilar bizdan bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning ishtirokimiz yo‘qligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishimizni so‘rashdi. Bu xabarlar asossiz! Shuni ishontirib aytamanki, biz 2019-yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnashmoqdamiz.

Bizning tashkilotimiz qabul imtihonlari bilan bog‘liq hamkorlikdan mamnun va ishonamanki, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Prezident maktablarining birinchi bosqichida 4-sinf o‘quvchilariga dasturga mos bo‘lmagan savollar berilganligi yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Iroda Saibova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Cambridge_munosabati

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi haqida turli xabarlar yuzasidan Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining RASMIY MUNOSABATI:

🌐 https://www.cambridge.org/partnership/cambridge-helps-deliver-admissions-testing-for-presidential-schools-in-the-republic-of-uzbekistan

🗣Eslatib o‘tamiz, ushbu xabarning asossiz ekanligi haqida oldinroq Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King RASMIY MUNOSABAT bildirgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

✔️ Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
✔️ Biologiya fani o'qituvchisi
✔️ Matematika fani o'qituvchisi

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.


📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot



Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

✔️ To'garak rahbari(robototexnika)
✔️ Ish yurituvchi
✔️ Laborant
✔️ Tarbiyachi/navbatchi tarbiyachi
✔️ Muxandis

Talablar:
🔹O'rta maxsus yoki Oliy ma’lumotli;
🔹O'z sohasida ish tajribasi (ingliz tilini bilishi maqsadga muvofiq);
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

✔️ Farrosh
✔️ Supuruvchi

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.


📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
#ishga_taklif ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi. ✔️ To'garak rahbari(robototexnika) ✔️ Ish yurituvchi ✔️ Laborant ✔️ Tarbiyachi/navbatchi…
Yuqorida keltirib o'tilgan bo'sh ish o'rinlari uchun hujjat topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga!

Sizdan faqatgina @ToshkentPM_bot manzili orqali ma'lumotnomangizni (obyektivka) jo'natishingiz so'raladi.


Xabarda ko'rsatilmagan lavozimlar uchun vakant e'lon qilinmagan va hujjatlar qabul qilinmaydi.
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Prezident maktablariga kirish imtihoni adolatsiz o‘tkazildimi? Mas’ullar e’tirozli savollarga javob qaytardi

Takrorlangan testlar, 4-sinf o‘quvchisiga 8-sinf darsligidan savollar berilgani, Cambridge Assessment’ning O‘zbekiston bilan hamkorligi haqidagi e’tirozli savollarga javob berildi.

Batafsil — https://dy.uz/2GtqN

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🧪 Joriy yilning 16-24-iyul kunlari iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsariya davlatida o'tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etdi.
Ushbu olimpiadada 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishgan.

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Dilmurodov Sohibjon ushbu olimpiadada ishtirok etib bronza medalini qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni g'alaba bilan tabriklaymiz.


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

❗️ESLATMA

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

📌 Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM