Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.26K subscribers
5.84K photos
742 videos
60 files
2.3K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Tahlilnoma | Dunyo e’tirof etayotgan topilma – Prezident maktabi o‘quvchilari ilgari surayotgan loyiha nimasi bilan ahamiyatli?

#uzbekiston24

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.

Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!

-
Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.

Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#30_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Muhammad al-Xorazmiy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda qomusiy olim Muhammad al-Xorazmiy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov bu yilgi videodarslarda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashishi maqsadida har bir mashgʻulotda muayyan asarda qo'llangan so'zlarni izohlab borishmoqda.

Bugungi mavzu: “Kuntug'mish” xalq dostoni (2)

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov hamda Asilbek Ashrapov BAAda boʻlib oʻtgan Zayed Sustainability Prize sovrindoriga aylanganidan koʻpchilikning xabari bor, menimcha.

Tanlovda gʻolib boʻlgan loyiha yordamida yomgʻir suvini yigʻib, qayta ishlash va isteʼmolga yaroqli holga keltirish mumkin. BAA ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami hisobda 150 ming AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlarini taqdim etdi. Davlatimiz rahbari nomidan oʻquvchilarning oilasiga va ularning ustoziga BYD avtomobillari ham sovgʻa qilindi.

Biz bugun yosh va umidli qahramonlarimizning fikrlariga hamda taassurotlariga qiziqdik. Oʻquvchilarimiz hikoyalari, bu yutuqlarga erishish yoʻlidagi harakatlarini ularning oʻzini tilidan eshitish tengdoshlari, mamlakat yoshlari uchun motivatsiya boʻladi degan umiddaman.

Aminmanki, ular yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan munosib mutaxassislarga aylanishadi.

Shu oʻrinda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasiga hamda oʻquvchilarimizning ota-onalariga minnatdorlik bildiraman. Farzandingiz bugun Yangi Oʻzbekiston ta’limining haqiqiy yulduzlaridir.

P/S: Pahlavon erishgan yutuqlarining eng katta sababchisi sifatida ota-onasi oʻqituvchi ekanligini aytgan joyi shaxsan menga qattiq ta’sir qildi. Ta’limni, jamiyatni mana shunday ilmli, farzandi taqdiriga befarq boʻlmagan oʻqituvchilar, ota-onalar rivojlantiradi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#33_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Turondagi siyosiy vaziyat" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda oʻrta asrlarda Turondagi siyosiy vaziyat aks ettiriladi.

Davomi bor...

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov bu yilgi videodarslarda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida har bir mashgʻulotda muayyan asarda qo'llangan so'zlarni izohlab borishmoqda.

Bugungi mavzu: Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM