Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.06K subscribers
5.23K photos
668 videos
60 files
2.11K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova
#foto_reportaj
#musobaqa

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida "O'rtoqlik uchrashuvlari" doirasida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

📆Joriy yilning 13-noyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabi hamda “British School of Tashkent” maktabi o'quvchilaridan tuzilgan jamoalar o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Besh muhim tashabbus doirasidagi bu kabi sport o’yinlari nafaqat yoshlarni jismonan chiniqtiradi, balki ular o’rtasidagi do’stona aloqalarni ham yaxshilaydi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi:

Hamshira

Talablar:
✔️Oliy ma’lumotli;
✔️O’z sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
✔️O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
✔️Ishga mas’uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔴Ahil va professional jamoa;
🔴Doimiy malakaviy o‘sish;
🔴Iqtidorli o‘quvchilar;
🔴Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔴Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📁Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot
(Ma'lumotnomada telefon raqami ko'rsatilgan bo'lishi shart).
Murojaat uchun: 903977840

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.

Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Xabaringiz borki, Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov bu yilgi videodarslarda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashishi maqsadida har bir mashgʻulotda muayyan asarda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishmoqda.

Bugungi mavzu: "Alpomish" dostoni.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Xalqaro maktab kutubxonalari kuni" munosabati bilan "Give a book, share a story" kitob xayriya aksiyasiga start berilgan edi.

➡️Aksiya doirasida maktab o’quvchilari hamda jamoasi tomonidan maktab kutubxonasi uchun turli mavzu va tillardagi bir-biridan qiziqarli kitoblar hadya qilindi.

🔶Kitob sovg’a qilgan o’quvchilarning ota-onalariga maktab jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi. Zero, kitob ilm chirog’idir.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM