Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.05K subscribers
5.29K photos
690 videos
60 files
2.14K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆Joriy yilning 6-9-avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida "COP29 Climate Change Summer Camp" ya’ni COP 29 Iqlim o’zgarishi yozgi oromgohi o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Yuqori saviyada tashkillashtirilgan ushbu yozgi oromgohda dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan turli xil fan o’qituvchilari, jumladan, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’qituvchisi Maxfuza Chulliyeva ham ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida FEE, OCE va IRENA kabi xalqaro tashkilot vakillari hamda soha mutaxassislari tomonidan iqlim o’zgarishi va uning ekosistemalar va inson ijtimoiy hayotiga ko’rsatadigan ta’siri, iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish chora-tadbirlari, iqlim o’zgarishini turli fanlarga bog’lab o’rgatish, yosh avlodda ekologik bilim va madaniyatni rivojlantirish yuzasidan ma’lumotlar berib borilmoqda.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo birinchi ta'lim forumi o'tkaziladi

Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, oktabr oyida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo birinchi taʼlim forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oʻtkaziladigan mazkur yirik forumga anchadan beri tayyorgarlik koʻryapmiz. Forum tadbirlari 2024-yil 10-oktabrdan boshlanib, dunyo tan olgan olimlar, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindorlarining yoshlarimiz uchun qiziqarli maʼruzalari, soha mutaxassislari uchun turli muhokama sessiyalarini oʻz ichiga oladi.

Hurmatli taʼlim fidoyilari, nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyodan 500 ga yaqin taʼlim va ilm-fan hamjamiyati vakillari tashrif buyuradigan ushbu yirik forumda yana qanday muhim masalalarga eʼtibor berilishi kerak deb hisoblaysiz? Taklif va fikrlaringiz jamoamiz uchun qiziq.

Fikrlaringizni Telegramdagi ushbu murojaat botimizga yuborishingiz mumkin: @uzedu_vazirbot
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga oʻquvchilar hujjati qanday tartibda topshiriladi?

Oʻquvchilarning hujjatlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Hilola Uktamovna!

Sizni Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan tug'ilgan kuningiz bilan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ta'lim rivoji uchun qilayotgan mashaqqatli ishlaringizda kuch-g'ayrat tilaymiz!

Siz rahbarlik qilayotgan ulkan jamoaning bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz va amalga oshirayotgan xayrli ishlaringizda Sizni qo'llab - quvvatlaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

Yotoqxona komendanti

Talablar:
🟢Oliy ma’lumotli bo’lishi maqsadga muvofiq;
🟢Ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🟢O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🟢Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🟢Ishga ma'suliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar ma'lumotnomasida aloqa uchun telefon raqami ko'rsatilgan bo'lishi shart.


😀 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma (rezyume) quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot
Savol va takliflar uchun: 903977840

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining bir guruh o’quvchilari 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO - International Standards Olympiad ) da ishtirok etish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga yetib borishdi.

📁Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo bo’ylab o'rta maktab o'quvchilari o’rtasida o’tkaziladi.
Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda o’tkazilgan bo’lib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro turnir sifatida tan olingan.

🐍Xalqaro standartlar olimpiadasida O’zbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etishmoqda va yurtimiz sharafini Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari himoya qiladi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Islom Boyqobilov Xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritdi.

Shuningdek, o’quvchimiz hozirda Janubiy Koreya Respublikasida bo’lib o’tayotgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad ) da ham ishtirok etmoqda.

Biroz avval, Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija ko‘rsatib, g‘olib sifatida Londonga bir haftalik bepul ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘lgani haqida ham xabar bergan edik.

🎉Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Xalqaro standartlar olimpiadasi


Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasida O’zbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan bo’lib, yurtimiz sharafini Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari himoya qilmoqda.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆Joriy yilning 12-14-avgust kunlari Janubiy Koreya Respublikasida 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad) bo’lib o’tdi.

Unda Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan holda g’oliblikni qo’lga kiritdi.

🥇Oltin medalJavlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medalIslom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal - Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi.

🎓O’quvchilarimizga bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar va barkamollik yor boʻlishini tilaymiz!

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM