Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.06K subscribers
5.28K photos
686 videos
60 files
2.13K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Javlon Hasanov CWMUN (The Change the World Model United Nations) xalqaro dasturidan 1450€ grant sohibi bo’ldi.

📁Ma’lumot uchun, CWMUN — sayyoradagi eng yirik xalqaro yoshlar forumi boʻlib, hozirda Nyu-York, Abu-Dabi, Dubay, Parij, Singapur va Rim kabi shaharlarda boʻlib oʻtmoqda.

Shuningdek, Javlon Hasanov
🔹 TKS - 3500$ grant egasi;
🔹 Yoshlar ishlari agentligining “Ustoz Al” loyihasida stajor;
🔹 Ethical Leasership loyihasida 100% grant sohibi;
🔹 Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Debate” va “Reading” klubi rahbari hamda Mun (Model United Nations) va TED (Technology, Entertainment, Design) tashkilotchisi hisoblanadi.

🎉Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova va 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Joʻraboyev hamkorligidagi ushbu videodarsda o'zbek tilidagi frazeologizm, yaʻni iboralar oʻrtasidagi maʻnodoshlik haqida soʻz boradi.

Bizni kuzatishda va ona tilingizni yaxshiroq o'rganish yo'lidagi harakatlaringizda davom eting.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Shu yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ilmiy-amaliy treninglar haftaligi bo‘lib o‘tdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zakovat

📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan joriy yilning 30-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Zakovat" intellektual o'yini bo’lib o’tdi. Unda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Zakovat” intellektual o'yinida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi:
Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi;
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktab;
Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktab;
Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab;
Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabning "Zakovat klubi" jamoalari ishtirok etishdi.

🔻2 ta turdan (har bir turda 12 tadan savol) iborat qizg'in va murosasiz kechgan bahsda maktablar quyidagi o'rinlarni band qilishdi:

I o'rin - Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
II o'rin - Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
III o'rin - Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktab.

🎁G'olib va sovrindor jamoalar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining kubogi, esdalik sovg'alari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining maxsus sovg'asi bilan taqdirlandilar.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O’zbekistonning boy madaniyati, san’ati, buyuk tarixi va turizm salohiyatini keng targ’ib qilish, ona yurtimiz va turizm sohasida kuzatilayotgan o’zgarishlar haqida ko’plab ma’lumotlar taqdim etish, shuningdek, ona Vatanimizni dunyoga tanitish har bir insonning vazifasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Albatta, bu kabi jarayonlarda maktabimiz o’quvchilari ham anchagina faol. Jumladan, Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Cincinnati universiteti talabasi Shahrizoda Abdurahmonova o’zi tahsil olib kelayotgan universitetda Xalqaro talabalar uchun “O’zbekiston - tarix, madaniyat va an'analar” mavzusida taqdimot o’tkazdi.

Unda O’zbekistonning buyuk tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, boy madaniy merosi va milliy an’analari xususida so’z bordi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM