Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.26K subscribers
5.84K photos
740 videos
60 files
2.29K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent Britaniya maktabi (The British School of Tashkent) da basketbol musobaqasi bo’lib o’tdi.

⛹️‍♀️Jamoaviy tarzdagi sport musobaqalari nafaqat o’quvchilarga bo'sh vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi, balki ularning aqlan va jismonan chiniqishlariga yordam berib, jamoada ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi.

Ikki maktab o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan ushbu musobaqada Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari 31:15 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆1-mart - Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun!

Atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida tugʻilgan. Shoira umr boʻyi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1938-1948-yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar - salkam oʻttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

Yirik oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, nafis sheʼriyati bilan millionlab qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.

Olimamizning "Bahor", "Bahor keldi seni sòroqlab" va boshqa kòplab she'rlari she'riyat ihlosmandlari tomonidan sevib o'qiladi. 

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayot kitobimni bexos varaqlab, 
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. 
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. 
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, 
Yurak boyligidan qilmabman parvo. 
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, 
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, 
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..  

✍️Zulfiya Isroilova.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Joʻraboyev bilan birgalikda o'zbek tilidagi omonimlarni farqlashga bag'ishlangan yana bir videodarsni e'tiboringizga havola etadi.

🔴Bizni kuzatishda va ona tilingizni yaxshiroq o'rganish yo'lidagi harakatlaringizda davom eting.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Lider_oʻqituvchilar
#hududiy_bosqich

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻqituvchiIari oʻrtasida “Lider oʻqituvchiIar” olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur olimpiada Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan informatika, fizika va biologiya fani oʻqituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, oʻqituvchilar orasida xalqaro fan olimpiadalari metodologiyasini ommalashtirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Hududlardan har bir fan bo‘yicha goʻlib boʻlgan 3 nafar (1-,2-,3-oʻrin) oʻqituvchi olimpiadaning Agentlik bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Talent show” tadbiri bo’lib o’tdi.

☯️Tadbirda quyi va yuqori sinf o’quvchilari tomonidan zamonaviy estrada yo’nalishidagi o’zbek va xorijiy tillardagi qo’shiq va sahna chiqishlari ijro etildi.

Albatta, bu kabi tadbir va musobaqalar o’quvchi-yoshlarning musiqa, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga hamda iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM