Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.25K subscribers
5.81K photos
737 videos
60 files
2.29K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
Har bir insonning o’z orzu va niyatlari bor, biroq ularning amalga oshishiga koʻpincha ishonishmaydi, roʻyobi uchun astoydil harakat qilishmaydi.

"Orzularning chegarasi bormi?", "Real hayot va orzularim uyg'unligi nimada?", "Qanday qilib va qaysi qadamdan boshlasam, orzularimga tez va oson erishaman?" kabi savollarga yechimini izlayotgan o'quvchi-qizlar psixolog - Shahnoza Tadjiyeva - ishtirokida tashkil etilgan motivatsion seminardan o'zlari uchun tegishli xulosalar oldilar.

Seminar davomida mavzuga oid psixologik treninglar o'tkazilishi bilan bir qatorda, qimmatli ma'lumotlar, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Klub a'zolari o'zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarini anonim tarzda taqdim etishdi hamda psixolog javoblarini tinglashdi.

Mazkur trening o'z hayoti uchun muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilish bosqichida turgan o'quvchi-qizlar uchun o'z-o'zini qayta anglash, ichki hissiyotlarini boshqara olish uchun kuch topa olish, o'ziga bo'lgan ishonch tuyg'usini oshirishlari uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Bu kabi uchrashuvlar davom etadi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari uchun navbatdagi tanlov!

Alisher Navoiy hamda Zahriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan "Ikki buyuk siymo - ikki xushzabon" nomli adabiy-badiiy kecha doirasidagi videolar tanlovini eʻlon qilamiz:

⚜️Eng yaxshi g'azal ijrochisi (5-6 sinflar oʻrtasida, 2 daqiqali video)
⚜️Eng yaxshi sheʻr sharhi (6-7 sinf oʻrtasida, 3 daqiqali video)
⚜️Eng yaxshi roviy (8-9-10-11 sinf oʻrtasida, 3 daqiqali video)

Birinchi yoʻnalish bo'yicha talabgor Navoiy yoki Bobur g'azallaridan birini ifodali tarzda ijro qilgan boʻlishlari kerak;

Ikkinchi yoʻnalish bo'yicha qatnashuvchi Alisher Navoiy yoki Zahriddin Muhammad Bobur ijodiga tegishli bo'lgan ruboiy, qitʻalardan birini tanlab, shoir anglatmoqchi bo'lgan fikr yoxud gʻoyani aniq yoritib bera olishi lozim;

Uchinchi yoʻnalish ishtirokchisidan Alisher Navoiy yoki Bobur hayotiga oid biror qiziqarli voqeani yoxud Navoiy asarlaridagi ibratli hikoyatlardan birini hikoya qilib berish soʻraladi.

Tanlov uchun kelib tushgan ishlar loyiha tashkilotchilari tomonidan ko'rib chiqiladi, saralanadi hamda 13-fevral kuni tashkil etiladigan adabiy-badiiy kechada taqdirlanadilar.

Ijodiy ishlar 8-fevralgacha quyidagi manzilda qabul qilinadi: @Marjon_Shuhratovna

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Ma'nolar maxzani" nomli loyihaning 3-soni muomala odobiga bag'ishlanadi.

📚"Befoyda so'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni eshiturdin qaytma".
✍️Alisher Navoiy

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidova 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Joʻraboyev bilan birgalikda o'zbek tilidagi paronimlarni farqlashga bag'ishlangan navbatdagi kichik videodarsni e'tiboringizga havola etmoqdalar.

✔️Bizni kuzatishda va ona tilingizni yaxshiroq o'rganish yo'lidagi harakatlaringizda davom eting.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️“Ibrat farzandlari” marafonida qatnashib Londonga bepul sayohat va 100 million so’m sohiblaridan biriga aylaning!


“IBRAT Farzandlari" telegram kanalida, bugun, soat 20:00da, Ibrat Academy marafoni bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.

Marafon yuzasidan sizni qiziqtirgan savollarni “Ibrat farzandlari” kanalidagi ushbu postning komment bo'limida yozib qoldiring.

Ovozli chatda eng faol bo’lgan 5 nafar ishtirokchiga marafonga qatnashish uchun bepul yo’llanma taqdim etiladi.

Marafonga ushbu havola orqali ulanasiz:

https://t.iss.one/ibratfarzandlari?livestream

@alisher_sadullaev
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM