Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.26K subscribers
5.84K photos
742 videos
60 files
2.3K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
"Milady club" loyihasining navbatdagi soni "O'smir qizlar ginekologiyasi" mavzusiga bag'ishlandi.

📆Bugun, 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur suhbatda 5-11-sinf o'quvchi-qizlari, ayol-pedagog xodimlar hamda loyiha mehmonlari ishtirok etishdi.

➡️Yig'ilish mehmoni sifatida taklif qilingan Respublika aholi reproduktiv markazi direktor o'rinbosari Raximova Laylo Shavkatovna o'z nutqi davomida o'quvchi-qizlar salomatligiga jiddiy e'tibor qaratishi, balog'at davri o'zgarishlarini o'z vaqtida aniqlay olishi va buning salomatligi uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida hayotiy misollar asosida o'z fikrlarini bildirdi.

Ochiq suhbat davomida maktab qizlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar.

Uchrashuvda "Sog'lom ayol-jamiyatning baxtli kelajagi" degan jumla aytilgan fikrlar va bildirilgan mulohazalarning bosh shiori bo'lib xizmat qildi.


🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#RaqamliAvlod
#DGContest

⚡️"Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining 1-bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

🌐 Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtib, 2-bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan "Top15" ishtirokchilar roʻyxati bilan Raqamliavlod.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

🗺 Eslatib oʻtamiz, "DG Contest" musobaqasining final bosqichi 28-noyabr kuni 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtadi.


🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press&Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Ikki tomonlama muzokaralar davomida oʻtgan yillardagi hamkorlik natijalari va kelgusidagi rejalar haqida soʻz bordi. Jumladan, 2023-2024-oʻquv yili uchun Prezident maktablariga qabul jarayonlari, maktablarimiz uchun darsliklarni ishlab chiqish, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish va ularning Cambridge sertifikatiga ega boʻlishi singari masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar soʻngida 2024-yil mart oyida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-treningni oʻzkazishga kelishib olindi.

📝Maʼlumot uchun, Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari toʻliq mazkur tashkilot tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

#Angliya #Cambridge

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yangi loyiha va yangi dars premyerasi

Oʻzbekistonning eng zoʻr ustozlarini oʻzida jamlagan online darslar loyihasi — "Ustoz AI"ga start berildi.

Ustoz AI — zamonaviy kasblar va fanlarni oʻrgatuvchi sifatli va bepul onlayn darslar loyihasi. Unda:
•SAT
•GMAT
•Matematika
•Grafik dizayn
•Videomontaj
•Marketing
•HR
•va yana shu kabi 40+ sohalarga doir bepul darslar tez orada sizlarga taqdim etiladi.

Bugun UstozAI'da birinchi dars — SAT kirish darsi premyera qilindi. Butun bir SAT Math kursi uzluksiz ravishda YouTube kanalida taqdim etib boriladi. Birinchi darsni loyihaning 🌐YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Barcha qoʻshimcha maʼlumotlar uchun UstozAI'ning telegram sahifasiga aʼzo boʻling:

📚 @ustozai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Zulfiya Rashidovaning 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Joʻraboyev bilan hamkorlikdagi loyihasi davom etadi.

Bu galgi mashgʻulotda aynan ot soʻz turkumiga oid soʻzlarning ikki uslub: soʻzlashuv va badiiy uslubdagi shakllari haqida soʻz boradi.

🫥Lugʻat boyligingizni oshiring va bizni kuzatishda davom eting.


🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 "Raqamli Avlod IT FEST" boshlanmoqda!

📅 28-noyabr: DG Contest
📅 29-noyabr: Robototexnika bo'yicha Respublika musobaqalari
📅 30-noyabr: Hackathon
📅 2-dekabr: Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan

🏅 Haftalik davomida har kuni sizlarni qiziqarli bellashuvlar kutmoqda! O'z mahoratingizni namoyish etish va "Noutbook" hamda "Planshet" kabi qimmatbaho sovg'alarni qo’lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 💻📱

Ro’yhatdan o’tish uchun: online.raqamliavlod.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🗺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi
milliy ofisiga hamda Yoshlar Akademiyasiga tashrif buyurdi


🫥 O'quvchilar tashrif davomida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar Akademiyasi faoliyati, u yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

🔴Bundan tashqari, o'quvchilarga Yoshlar Akademiyasi va Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar haqida ma'lumotlar berildi hamda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini ta’minlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar e'tirof etildi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
✝️ Telegram | 💟 Instagram | ☮️ Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM