Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
2.99K subscribers
5.46K photos
704 videos
60 files
2.19K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#qizlar_majlisi
#hayo_ibo_timsoli

🦋Kuni kecha Toshkent shahridagi Prezident Maktabining o'quvchi qizlari bilan Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Barno Yunusova boshchiligida qizlar majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda qizlarning muomala madaniyati, Sharqona odob-axloq normalari haqida, qizlarning maktab hayotidagi o'rni va salohiyatini oshirish bo'yicha yangi loyihalar taklif qilindi hamda taqdimot ko'rinishida namoyish etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook
#Xorijiy_hamkorlik
#Toshkent_prezident_maktabi

Cambridge Assessment International Education tashkilotining Oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari va malakalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Abigail Barnett  va Ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi Steve King Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Agentlik vakillari bilan bo'lgan uchrashuv davomida mazkur dasturlarni mahalliylashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, takliflar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🏢Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident maktabi binosi bo'ylab ekskursiya va o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi hamda maktab faoliyati, dars jarayonlari, o'quvchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
#Toshkent_prezident_maktabi

💥UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident Maktabida bo'lishdi. Mehmonlarni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktor o'rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

💫Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg'ulotlar, to'garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

💥Ma'lumot o'rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook
#ZakovatdaKuch #UzbekPower

2022-yil 19-noyabr kuni Toshkent shahridagi Diplomat International School nodavlat taʼlim muassasasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha Ru-Liga doirasida Maktablar ligasining 4-bosqichi boʻlib oʻtdi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Zakovat”ning Ru-Ligasida ham oʻz soʻzlarini aytishni boshlashdi.

Muayyan sabablarga koʻra rus tilida oʻtkaziladigan Maktablar ligasi (Школьная Лига)ning 1-bosqichida qatnasha olmagan, 2-bosqichda Maktablar ligasida debyut qilgan oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindorlar qatoridan oʻrin olmagan esa-da, oʻzlari uchun muhim tajribaga ega boʻlishgandi.

Tashkiliy muammolar sabab jamoamiz Maktablar ligasining 3-bosqichini ham oʻtkazib yubordi. Biroq liganing 4-bosqichida bizga qoyilmaqom qaytishni tuhfa etishning uddasidan chiqishdi. Jamoa 10-11-sinflar oʻrtasidagi bellashuvda faxrli 2-oʻrinni qayd etdi.

Oʻquvchilar ligasida namoyish qilingan barqarorlik kayfiyati va gʻoliblik ruhi Ru-Liga bahslarida ham bilimdon oʻquvchilarimizga yor boʻlishini tilab qolamiz!

Bizga omad!
#ITHaftalik
#RaqamliAvlod
#RobototexnikaTanlovi

⚡️"Raqamli avlod IT haftaligi" doirasidagi Robototexnika sohasidagi Respublika tanlovi💡haqida:

Tanlov doirasida:

✅️Robo Labirint - 21-noyabr;
✅️Robo Sumo - 21-noyabr;
✅️Robo Futbol - 22-noyabr musobaqalari bo'lib o'tadi.

📍Tanlovning o'tkazilish tartibi va shartlari bilan NIZOM orqali tanishishingiz mumkin.

⏰️ Tanlovlar soat 10:00da boshlanadi.
🏢 Manzil: Toshkent Prezident maktabi

‼️Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://raqamliavlod.uz/

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#IT_haftalik
#Raqamli_avlod
#Toshkent_prezident_maktabi

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Google kompaniyasi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” musobaqalariga start berildi.

💥Bugun
Robo Labirint va Robo Sumo musobaqalari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda. Unda jami 200 dan ortiq yoshlar o'z robotexnika qurilmalari bilan o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Musobaqalarda Respublika bo'ylab IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook