Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.04K subscribers
5.32K photos
695 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#zoravonlikka_qarshimiz
#Toshkent_prezident_maktabi

🔸BMT Bosh assambleyasi tomonidan e'lon qilingan 25-noyabr "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" ga bag‘ishlangan 2022-yil 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar “Zo'ravonlikka qarshi
16 kun” turkum tadbirlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

🕸"Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” turkumi ostidagi tadbirlarga start berilgan. Mazkur chora-tadbirlar Toshkent shahridagi Prezident maktabida amalda.

💥Suratda Toshkent shahridagi Prezident Maktabi 10-green sinf o'quvchilarining "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" aksiyasiga kreativ tarzda yondashuvi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#musiqa_ruhiy_ozuqa
#Toshkent_prezident_maktabi

💫 Toshkent shahridagi Prezident maktabiga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurdi.

💥Mazkur ijodiy uchrashuvda Madaniyat vaziri Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev farmonlariga muvofiq, o'quvchilarning cholg'u ijro etishi va ijodiy mahorati bilan tanishdi, cholg'u ijro qilish bo'yicha o'z tavsiya va maslahatlarini berdi. O'quvchilar chiroyli kuy-qo'shiqlarni ijro etib, Ozodbek Nazarbekovning olqishiga sazovor bo'lishdi.

🎼 Uchrashuv so'ngida Madaniyat vaziri Toshkent shahridagi Prezident Maktabining Musiqa fani o'qituvchisi va rahbari Mirjalol Jumayevning olib borayotgan ishlaridan xursand ekanligi hamda doim ijodiy hamkorlikda ko'maklashishini aytib o'tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#konstitutsiya_qabul_qilingan_kun
#Toshkent_prezident_maktabi

📖Ey aziz yurtdoshim, ahli fuqaro,
Muqaddas burchimiz etaylik ado.
Vatan ravnaqiga hissa qo'shaylik,
Qonun yo'l ko'rsatsin, dovon oshaylik!

📌Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Prezident Maktabida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
🇺🇿Tadbirda o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar bayram tadbirini ko'tarinki ruhda o'tishini ta'minladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#biz_zoravonlikka_qarshimiz
#Toshkent_prezident_maktabi

BIZ ZO'RAVONLIKKA QARSHIMIZ!📌

🏢Toshkent shahridagi Prezident Maktabida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" 16 kunlik aksiyasi doirasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, o‘quvchilarga zo‘ravonlik va unga qarshi kurashish to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, psixologik treninglar o'tkazilmoqda.
💥Mazkur treninglarda oilaviy zo'ravonlik, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq, kechirimlilik haqida kerakli tushunchalar berildi.
🔸Maktabda aksiya doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida chellenjlar o'tkazildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#raqs_gozallik_va_nafosat
#Toshkent_prezident_maktabi

🦋Ma'lumki, Raqs san'ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog`liq holda yuzaga kelgan.

💫 Toshkent shahridagi Prezident maktabida Raxshona Eshquvvatova boshchiligidagi "Tasanno" milliy raqs ansambli ikki yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur raqs ansamblida nafaqat o'zbek milliy raqslari, balki rus, hind, gruzin, ispan xalq raqslari ham o'rgatiladi. Har bir xalqning raqs anʼanalari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari boʻlib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar taʼsirida tarkib topib rivojlangan. Bugungi kunda  bayram tadbirlarida o'quvchilar to'garakda o'rgangan raqslarini ijro etib, o'z iste'dodlarini namoyon etishmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#xorijiy_tashrif
#Toshkent_prezident_maktabi

🔸Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahridagi Prezident Maktabiga Turkiya Respublikasi Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar delegatsiyasi tashrif buyurishdi.

💫Tashrifdan asosiy maqsad-O'zbekistonning Ta'lim muassasalariga Turkiyaning ta'lim grantlari to'g'risida ma'lumot berishdan iborat.

⚡️Tashrif doirasida mehmonlar maktab faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar, to'garaklar faoliyati bilan tanishishdi.

💥Uchrashuv davomida delegatsiya tomonidan o'quvchilarga Turkiyaning ta'lim grantlariga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#xushxabar
#Bizning_faxrimiz
#Toshkent_prezident_maktabi

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Saidkamolov Saidazizxon SEAMO matematika olimpiadasida kumush medal sohibi bo’lib, xalqaro bosqichga yo’llanmani qo'lga kiritdi🏆

💥🏛Saidkamolov Saidazizkhan, a 5th-grade student of the Presidential School in Tashkent, won a silver medal at the SEAMO Mathematics Olympiad and won a ticket to the international stage🏆

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#imtihon_vaqti
#Toshkent_prezident_maktabi

🎼Musiqaning asosiy vazifasi bu- qalb torlariga kuy va so'zdan yaralgan ohangraboni yetkazib berish.

💫Kuni kecha Toshkent shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o'quvchilarining "Musiqa madaniyati" fanidan Yarim yillik Amaliy (ijodiy) imtihonni bo'lib o'tdi.
Bunda o'quvchilar o'zlariga biriktirilgan O'zbek milliy cholg'ularidan 2 tadan kuy, 2 tadan qo'shiq va musiqiy-nazariy savol-javoblar bilan yakka holatda imtihon topshirishdi.
Yurtboshimizning 2022-yil 2-fevraldagi farmonlariga muvofiq, "Har bir maktab o'quvchisi bitta o'zbek milliy musiqa cholg'usini chalishni bilishi kerak", deb ilgari surgan tashabbusi o'z mevasini bermoqda, musiqa fanidan o'quvchilarning qiziqishlari va ijro mahorati ijobiy tomonga o'zgarmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#imtihon_vaqti
#Toshkent_prezident_maktabi

🗝Bugun, Toshkent shahridagi Prezident Maktabining 6-7 sinf o'quvchilari ICT fanidan loyiha ishi taqdimotini namoyish qilishdi.

💥Ular Calculator,  Rock-paper-scissors, Number guessing game, Psychological test, Quiz, Word guessing game, Code generator kabi dasturlarni yaratishdi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
#maktab_faxri
#toshkent_prezident_maktabi

💫Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari hafta yakuni bo'yicha o'z uylaridan qaytgach, xorijiy ustozlar tomonidan munosib kutib olindi.

💥Xabaringiz bor, Qozog‘iston STEM robototexnika olimpiadasida Toshkent shahridagi Prezident Maktabining 11-sinf o‘quvchisi Erkinov Behruz faxrli 1️⃣-o‘rinni egalladi.

🔸Shuningdek, o'quvchilarni rag'batlantirish hamda ruhlantirish maqsadida maktab jamoasi hamda ingliz tili o'qituvchilari ishtirokida qutlov tadbiri o'tkazildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram