Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.06K subscribers
5.22K photos
667 videos
60 files
2.11K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
⚡️ Yangi o‘quv yilidan boshlab, viloyat markazlaridan, katta shahar va tumanlardan 2 tadan, tuman va shaharlardan 1 tadan ixtisoslashgan maktablar Xalq ta'limi vazirligidan Prezident ta'lim muassasalari agentligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoev.
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Jumladan, bunday maktablarda:

- o‘quvchilar xalqaro ta'lim dasturlari asosida zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta'minlanadi;

- 9-sinfga kelib o‘quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat olishlari ta'minlanadi;

- yuqori sinf o‘quvchilarining bevosita korxonalarda amaliyot o‘tashi tizimi joriy qilinadi;

- maktablarga ixtisosligidan kelib chiqib Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralari biriktiriladi.

"Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta'lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak", dedi Prezident.
📣Ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

📈Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul tartibi, o‘quvchi va muallimlar bilimini baholash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi.

👩🏻‍🏫🧑🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglar ikki bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi. Prezident ta'lim muassasalari agentligiga ushbu tizim asosida yuqori malakali o‘qituvchilarni jamlab, qo‘shimcha o‘qitish, milliy va xalqaro sertifikatlar olishiga ko‘maklashish topshirildi.

❗️Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilar ekan, ixtisoslashgan maktablar ta'lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak deya ta'kidladi.
#Antikorrupsiya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlarda korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqda bizga xabar bering!

👉 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida t.iss.one/stopcorruption_bot maxsus telegram boti yoki (71) 207 40 48 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:

🔹Respublikadagi 14 ta Prezident maktabi;
🔹9 ta ijod maktabi;
🔹3 ta ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab);
🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti;
🔹Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

Prezident maktablari: undagi muhit, metodika boshqa maktablarga ham olib kiriladi

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim sifatini oshirish, yangi ta'lim dasturlari va mazkur maktablarga o'qituvchilarni ishga qabul qilishning yangi tizimi haqida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova "Yangi O'zbekiston" gazetasiga ma'lumot berdi.

👉Maqolani batafsil saytimizda o'qing.
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH BOSHLANDI!

A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi,
- amaldagi pochta va telefon raqami,
- ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot
(maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi) hamda
- imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlash talab etiladi
.

A-level imtihonlariga qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://alevel.piima.uz/ sayti orqali to'ldirishingiz mumkin.

Batafsil
: https://piima.uz/news/endi-a-level-va-igcse-sertifikatlarini-olish-uchun-chet-elga-borishga-zarurat-yoq-mazkur-imtihonlarni-prezident-maktablari-otkazadi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

TA’LIM MUASSASALARIDA DARSLAR 1 OY ONLAYN DAVOM ETADI

⚡️Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda joriy yilning 24-yanvaridan 24-fevraliga qadar Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklda davom etishini ma’lum qilamiz.

👉Yangiliklarni Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Faxrimiz
#Xushxabar

🇺🇿Toshkent shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi Bunyod Suvonov AQSH da joylashgan University of Arizona universitetiga qabul qilindi. Ma’lumot o’rnida ushbu universitet dunyoning TOP 100 universitetlari qatoridan o’rin olgan.
Arizona State University va Suny University at Buffalo universitetlariga ham qabul qilindi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
📚O‘zing bilgan, necha martalab o‘tgan yo‘lda ham yo‘lboshlovchi bo‘lmasa adashasan. O‘zingga kel! Yurmagan yo‘lingdan yolg‘iz borma, yo‘l ko‘rsatuvchidan aslo yuz o‘girma!
(Rumiyning Qalb ko'zingni och kitobidan)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi dunyoning 8-ta TOP universitetlariga qabul qilindi, Akbarbek Musaev tengdoshlariga o’z maslahatlarini berib o’tganlar suhbat davomida.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan

🎗 #Baytchellenj ga start berdi.

#Baytchellenjimizning shiori "Navoiydan aytdim bayt kelgin, do‘stim, sen ham ayt" deya nomlanadi.

📲 Videolarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin!

👩‍💼@nodiramahmudova

Urug‘ yerga tushib, chechak bo‘ldi,

Qurt jondan kechib, ipak bo‘ldi,

Lola tuxumichalik g‘ayrating yo‘qmi?

Ipak qurtichalik himmating yo‘qmi?


Alisher Navoiy

Ushbu #Baytchellenj da barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarimizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_Prezident_maktabi

⚡️ Bugun barcha ta'lim muassasalari qatorida Toshkent shahridagi Prezident maktabida ham epidemiologik vaziyat sabab masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿Toshkent shahridagi Prezident maktabining online darslar jarayonidan video lavha.


Biz
ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
"Таълим сифатини мутлақо янги босқичга олиб чиқиш бўйича катта ислоҳотларни бошлаймиз" - Президент.

Давлатимиз раҳбари ўқитиш методикаси, дарсликлар, партадан тортиб, биносигача тўлиқ қайта кўриб чиқилишини таъкидлади. Муаллимларга муносиб шароитлар яратилади, уларнинг билим ва малакаси, дарс ўтишига талаб ҳам тубдан кучайтирилади.

"Барча даражадаги ҳокимлар бир нарсани чуқур англаб етиши керак - бугундан “ҳокимларнинг мактабга эътибор қилиш беш йиллиги” бошланади", деди Президент.

Туман, вилоят ва республика даражасида Мактаб таълимини ислоҳ қилиш кенгашлари тузилади.

"Республика кенгашига шахсан ўзим раҳбарлик қиламан. Туман ва вилоят кенгашларига эса ҳокимлар бош бўлади.

Нима учун, кенгашлар қиляпмиз? Чунки бу ишларни, албатта халқимиз билан, кенг жамоатчилик билан кенгашиб, уларнинг фикрлари асосида амалга оширамиз. Ҳар бир янгиликни ўқитувчилар, мутахассислар, ота-оналар билан бамаслаҳат киритамиз", деди Президент.
🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan

📝 "Navoiyni anglash" mavzusida insholar tanlovini eʼlon qiladi!

🏆 1-o‘rin egalari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan maxsus qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot
.

Alisher Navoiy

📲 Batafsil maʼlumot uchun:

@zrashidova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktab o‘quvchilari uchun maktab psixologi tomonidan maxsus onlayn tanlov!

🗓 2022- yil 1-10 fevral kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun "Mening oilam, mening tayanchim” mavzusida onlayn rasmlar tanlovi bo'lib o'tadi.
👨👩🎨 Tanlovda ishtirok etish uchun "Mening oilam, mening tayanchim " mavzusidagi rasmni chizib, qo‘lingizda ushlagan holda fotosuratni maktabning psixologi Shahnoza Soliyevaning @lunalikaya171 telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
❗️Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilayotgan rasmlar faqat ishtirokchi tomonidan chizilgan va o‘qiydigan sinfi, familiyasi, ismi to‘liq yozilgan bo‘lishi lozim!

🖼 G'oliblar 2022 yilning 11 fevral kuni e'lon qilinadi.
🎁 Tanlovda g‘olib bo‘lgan (1, 2 va 3-o‘rin) ishtirokchilar joriy yilning 11 -fevral kuni e'lon qilinadi va taqdirlanadi.
💻 Tayyorladi: Psixolog Sh.Soliyeva

Telegram | Facebook | Instagram
✍️ QALAM

❗️ Qalam yasovchi hozirgina yo‘ngan qalamni qo‘liga olib, bunday debdi: "Mana endi dunyoga kelding, xizmatga tayyorsan. Lekin seni ishga jo‘natishdan oldin aytadigan beshta so‘zim bor. So‘zlarimdan chiqmasang, dunyodagi eng yaxshi qalam bo‘lasan:

1. Qudratingni ko‘rsatish uchun kimningdir qo‘lida bo‘lishing kerak.

2. Vaqti-vaqti bilan yo‘nilib, uchlanib turish azobiga duch kelasan. Lekin bu azob sening sifatingni saqlash uchun zarur.

3. Qilgan xatoingni tuzatish imkoniyating doimo bor.

4. Unutma, sening eng muhim boyliging ichingdagi narsangdir.

5. Sharoit, vaziyat qancha yomon bo‘lmasin, yozishda davom etishing, o‘zingdan aniq va ravshan iz qoldirishing shart".

😊 Ibratli insonlar davrasida ibratlar bo‘lishadi

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎗 #Baytchellenj davom etadi.

✍️ Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan #Baytchellenj ga yuborilgan video.

🧑‍🏫 6-green sinf o‘quvchisi Nishonxo‘jayev Baxodirjon.

Kecha kelgumdur debon...

#Baytchellenjimizning shiori "Navoiydan aytdim bayt kelgin, do‘stim, sen ham ayt" deya nomlanadi.

Ushbu #Baytchellenj da barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarimizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!!!

📲 Videolarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin!

👩‍💼@nodiramahmudova

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿Xushxabar
🇺🇿Faxrimiz

📌Fulbright TEA dasturi (Teacher Excellence and Achievement Program) O'qituvchilar uchun xalqaro almashinuv programmasi asosida California State University da Toshkent shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi Sevara Ataboyeva ta’lim olmoqdalar.

📌Dastur davomida ular AQSH da joylashgan mahalliy maktablarda yurtimizni milliyligini tanitish maqsadida dars jarayonlarida ishtirok etadilar.

📌Eslatib o’tamiz Cefr C1 sertifikatlariga ham ega o’qituvchimiz.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎗 #Baytchellenj davom etadi.

✍️ Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan #Baytchellenj ga yuborilgan video.

🧑‍🏫 5-Blue sinf o‘quvchisi Abdulazizov Qahramonjon.

"Xushluq" radifli ruboiy.

#Baytchellenjimizning shiori "Navoiydan aytdim bayt kelgin, do‘stim, sen ham ayt" deya nomlanadi.

Ushbu #Baytchellenj da barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarimizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!!!

📲 Videolarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin!

👩‍💼@nodiramahmudova

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabiga O’zbekiston Fiziklar Kengashi raisi va a’zolari tashrif buyurishdi.

📌O’zbekiston Fiziklar Kengashi raisi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi, Akademik G’ulomov Qodir G’afurovich hamda fizika, matematika fanlari doktori, O’zbekiston Fiziklar Kengashi a’zosi Usmonov Shukurullo Nigmatovich, texnika fanlari doktori O’zbekiston Fiziklar Kengashi kotibi Axatov Jasur Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’qituvchilar bilan fikr almashishdi.

🔖Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar avvalo yoshlarning ilm borasida egallagan yutuqlari, salohiyatidan ko’rinib turadi.Muvaffaqiyat omili bu kelajak avlodga bilim berishda ularning salohiyatini to’g’ri ko’raolib uni rivojlantirishda degan fikr ilgari surildi.

📌O’zaro hamkorlik rejalari ishlab chiqildi, o’qituvchilar tomonidan aytilgan g’oyalar va fikr mulohazalar barchaga birdek ma’qul keldi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram