Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
3.04K subscribers
5.32K photos
694 videos
60 files
2.15K links
Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Youtube: https://youtube.com/channel/UCPHXPBkH1n3zzUkESvECzJw

Facebook : https://www.facebook.com/Toshkent-shahridagi-Prezident-maktabi-Rasmiy-105
Download Telegram
#Imtihon_2021

Bugun, 23-iyuldan e'tiboran Respublikamizdagi barcha Prezident maktablari kirish imtihonlarining tanishtiruv jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🔰Tanishtiruv kunida nomzodlarga imtihon kuni javoblar varaqasiga to'g'ri javoblarni qanday belgilash, FaceID tizimidan o'tish va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.

❗️Eslatib o'tamiz, talabgordan Prezident maktablari kirish imtihonlari va tanishtiruv kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishlari talab etiladi.
📌Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi – Prezident ta'lim muassasalari agentligi etib qayta nomlandi

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5188-son, 19.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Jamg'arma Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Vasiylik kengashi raisi — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

🔹Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash
jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yildi.

🔹2021–2025 yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilib, mavjud 5 ta ijod maktabi ta'mirlanadi.

2021 yil 1 sentyabrgacha:
🔹xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o'quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
🔹Prezident maktablarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, ularga keyinchalik o'qishini davom ettirish uchun OTMlarni tanlashda ko'maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School
Councillor) dasturi joriy etiladi;
🔹Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta'lim joriy qilinadi.
🔹2021/2022 o'quv yilidan O'zbekistondagi xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirgan Prezident maktablari
bitiruvchilariga to'lov-kontrakt summasini qoplash uchun subsidiya to'lanadi.

Shuningdek, quyidagilarga test sinovlarisiz va qo'shimcha imtihonlarsiz o'qishga kirish huquqi beriladi:

Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta'lim tashkilotlariga umumiy
belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlariga nisbatan qo'shimcha davlat granti asosida;

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik
yo'nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va
axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim
yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt
asosida;

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo'nalishidan kelib
chiqib davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida.

Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL
sertifikatlariga ega abiturientlar davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo'yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.

🔹Qaror bilan shuningdek, Agentlik huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#iftixor #intervyu

AKFA universitetiga 1-semestr uchun GRANT asosida qabul qilingan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf bitiruvchisi Husan Boymurodov bilan suhbat o'tkazildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
#Matbuot_anjumani #Press_tur

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan Prezident maktablari kirish imtihonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

🔰Mazkur matbuot anjumanida Agentlik direktori Hilola Umarova, Agentlikning Qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Xudoyqulov hamda Prezident maktabi o‘qituvchisi Tomas Tophamlar ishtirok etishdi. Unda mavzu yuzasidan zaruriy ma’lumotlar berildi.

👉 Bu haqida batafsil saytimizda o‘qishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon #Namuna

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarini topshiruvchi nomzodlar uchun javob varaqasi namunasi taqdim etilmoqda.
Kecha Prezident maktablari kirish imtihonlaridan oldin o‘quvchilarda imtihon kuni tartib-qoidalari va yo‘l-yo‘riqlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish maqsadida maslahat-tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tdi.

❗️Biroq, ba’zi ota-onalar tomonidan belgilangan karantin qoidalarga amal qilmaslik holatlari kuzatildi. Agentlik rasmiy sayti, telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bir necha bor ta’kidlangan bo‘lishiga qaramay, bitta talabgor o‘quvchi bilan bir nechta kishi hamrohlikda kelgan. Qabul komissiyasi tomonidan esa bitta talabgor bilan faqat bitta shaxs kelishi belgilangan. Ushbu pandemiya davrida har bir kishi, avvalo, o‘z shaxsiy mas’uliyatini oshirishi va karantin qoidalariga rioya qilishi lozim.

❗️Hurmatli ota-onalar, xabaringiz bor o‘tgan yilgi pandemiya tufayli Prezident maktablariga qabul bo‘lmagan edi. Bu yil pandemiya sharotida qanchalik qiyin bo‘lmasin, qat’iy tartib-qoidalar asosida ochiq havoda kirish imtihonlari tashkil etilmoqda. Shunday ekan, kirish imtihonlari kunida bunday holatlar yuz bermasligi uchun sizdan belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishingizni so‘raymiz.

Unutmang, siz nafaqat o‘zingiz va farzandingiz sog‘ligi, balki atrofdagilar salomatligi uchun ham birdek mas’ulsiz.

Eslatib o'tamiz, maslahat-tanishtiruv kuni bugun ham davom etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент ижод ва ихтисослаштирилган мактабларида ўтадиган имтихонлар бўйича пресс тур ташкил этилди.

@yangidavr_rasmiy
❗️PREZIDENT MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli talabgorlar!

⚡️Yurtimizda kuzatilayotgan issiq ob-havoni inobatga olgan holda, 26-,27-,28-iyul kunlari 18:00 da o'tkazilishi belgilangan Prezident maktablari kirish imtihonlarining vaqti 19:00 ga ko'chirildi.

❗️Mazkur o'zgarish faqatgina 18:00 da o'tkazilishi belgilangan imtihonlarga taalluqli.

🔰Sizdan imtihon kuniga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz talab etiladi.
• “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022-o‘quv yili uchun 272 ta stipendiya ajratadi

Shundan 69 ta o‘rin bakalavriat, 112 ta o‘rin magistratura, 91 ta o‘rin doktorantura ta’lim dasturlari uchun mo‘ljallangan...

——————————
• Фонд «Эл-юрт умиди» выделит 272 стипендии на 2021-2022 учебный год

Из них 69 рассчитаны на образовательные программы бакалавриата, 112 – магистратуры, 91 – докторантуры...

——————————
• The "El-Yurt Umidi" Foundation will award 272 scholarships for the 2021-2022 academic year

There are 69 scholarships for bachelor's degree programs, 112 for master's degree programs, and 91 for doctoral programs...

@tsulofficial
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️“Эл-юрт умиди” жамғармаси 2021 йил 20 июлдан 272 ўринга мўлжалланган 3-очиқ стипендия танловларини эълон қилади!


➡️Онлайн хужжат топшириш: https://admission.eyuf.uz/registration/yonalish/?lang=uz

➡️Хужжат рўйхати: https://admission.eyuf.uz/documents/?lang=uz

➡️Қўлланма: https://admission.eyuf.uz/qollanma/?lang=uz

➡️Видео қўлланма: https://www.youtube.com/watch?v=WsEJNF_laNg

➡️Ажратилган ўринлар: https://admission.eyuf.uz/kvota/?lang=uz

Ариза намунасини Онлайн хужжат топшириш платформасида юклаб олишингиз мумкин!

@elyurtumidifoundation
Prezident maktablarida kirish imtihonlarining saralash bosqichiga start berildi.

🔸Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

Shuningdek, barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan. Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Uzinfocom hamda tibbiyot xodimlari oʻz masʼulliglariga koʻra jarayonni nazoratga olishdi.
Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda, ularning tibbiy niqoblari ham kirish oldi alishtirilib, tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi.

Karantin qoidalariga amal qilgan holda jarayon olib borilmoqda.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B va C sektorlarida hamda G’alaba bog’ida bo’lib o’tmoqda.