TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
82 files
5.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1oktabr

Aziz ustoz va murabbiylar,
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashdagi sharafli va oliyjanob mehnatlaringiz bebahodir.

Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga sarflangan moddiy va ma’naviy boyliklar ming chandon ortig‘i bilan qaytishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Muhtaram ustozlar, fursatdan foydalanib Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

25-oktabr — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni !

Fursatdan foydalanib ushbu muhim kunda sizlarga kelgusida kasbiy rivoj, ulkan muvaffaqiyatlar, sog'liq salomatlik tilaymiz, oilaviy baxt-saodat va xonadoningizdan fayzu-baraka hamda xotirjamlik arimasin.

Tinchlik – ulug‘ ne’mat! Shu qatorda terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda sizning mashaqqatli xizmatingiz beqiyosdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi jamoasi hamda shaxsiy tarkibi nomidan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami bilan tabriklaydi!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1👍1🫡1
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!


Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1👍1
#tabrik

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari

Sizlarni 11-noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, o'zimning samimiy ezgu tilaklarimni bildirishdan g'oyat mamnunman.

Kasaba uyushmalari ishchi xodimlarni kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisoadiy huquqlarimizni ta'minlab kelmoqda. Muzkur kunda sizlarni yana bir bor tabriklab, sihat-salomatlik, ma'suliyatli va oliyjanob ishlaringizda yangidan-yangi yutuqlar tilayman.

Mana shunday quvonchli kunlaringiz ko'p bo'lsin, xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-hotirjamlik, fayzu - baraka arimasin!

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🫡4🔥3
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿Aziz Vatandoshlar!

Yangi yil – katta maqsadlar qo‘yiladigan, beqiyos orzular bilan qarshi olinadigan va ulug‘ rejalar tuziladigan sarhisob fursatidir. Ortda qolgan 2024-yil ham barcha yillar kabi xalqimiz va davlatimiz manfaatlari uchun ezgulik, ijobiy yangilanish hamda rivojlanishlarga boy bo‘ldi.

Kirib kelgan yangi 2025-yil barchamizga yanada ko‘proq baxtli va unutilmas lahzalar bag‘ishlasin, yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘-omon, hayotimiz farovon bo'lsin!

🎄Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
2🎉1🙏1💯1
#tabrik

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!

Sizlarni Yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ushbu yilda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, oilaviy baxt-saodat hamroh bo‘lsin.

O‘tgan yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatlaringiz hamda fidokorligingiz bilan shahrimiz, umuman, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim marralarga erishildi. Inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, ayniqsa, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yangi qadamlar tashlandi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan imtiyoz va yengilliklar tadbirkorlarga yetkazilib, bunda ularga "soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida tizimli yordamlar ko‘rsatildi. Natijada tadbirkorlar safi kengayib, xalqimiz yangi ish o‘rinlari bilan taminlandi. O‘ylaymanki, yurtimiz taraqqiyoti uchun yangi yilda yanada yuqori natijalarga erishiladi.

Yana bir bor barchangizni yangi 2025-yil bilan tabriklab, xalqimiz farovonligi, jonajon Vatanimiz ravnaqi va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
👍65🙏2👏1🕊1
#tabrik

🇺🇿 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining kasb bayrami!

Bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami. Prokuratura xodimlarining eng sharafli va mas'uliyatli vazifalaridan biri — bu qonuniylik va huquq-tartibot muhofaza qilishdir. Ushbu soha xodimlarining dadilligi hamda doimo yordamga tayyorligi uchun minnatdormiz!

Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, baxt va farovonlik, rohat-farog‘at tilaymiz!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1👍1
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#tabrik

🇺🇿Hurmatli Vatan posbonlari va aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun yurt tinchligi, mamlakatimiz mudofaasi, chegaralarimiz mustahkamligi, xalqimiz osuda va farovon hayot kechirishini taʼminlashga ulkan hissa qoʼshayotgan harbiylar, xavfsizlik yoʼlida doimo kamarbasta turgan vatanparvarlar, Vatanimizni sevib, koʼz qorachigʼidek asrayotgan barcha yurdoshlarimizning bayramidir!

Doimo Sizlarning mardligingiz, sadoqatingiz, kuch-qudratingiz, vatanparvarligingizdek ezgu hislatlaringiz bilan faxrlanaylik! Sizga mustahkam sogʼliq, masʼuliyatli va sharafli ishingizda omad va sobitqadamlik, oilalaringizga baxt va barqarorlik tilaymiz!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#tabrik

Hurmatli bojxona xizmati organlari xodimlari!


Sizlarni "26 yanvar — bojxona xizmati organlari xodimlari kuni" bilan samimiy qutlaymiz!

Bugungi kunda sizning fidoyi mehnatingiz mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini taʼminlashda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning jamoamiz doimo siz bilan hamkorlikda ishlashni davom ettiradi va umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda muvaffaqiyatlarga erishamiz.

Aziz bojxonachilar, Siz va oilangizga sog‘lik, baxt, tinchlik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2
#8_mart
#tabrik

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ayollariga 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashildi.

💐Erta tongdan boshqarma binosi oldida ayol xodimlarni erkaklar jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olish jarayonlari qizg'in va his hayajonlarga to'la bo'ldi. Latofatli ko'rinish va nafosat bilan kirib kelgan barcha ayollarga bahoriy guldastalar hadya etildi.

⚡️Tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.

👏Shundan so‘ng, joriy etilgan KPI ishlash tizimida hamkasblari orasida yuqori natijalar qayd etgan hamda uzoq yillardan buyon soliq sohasidagi samarali mehnat etib kelayotgan ayollarga tashakkurnoma topshirildi.

🎉Bayram shukuhi, boshqarmaning barcha ayollariga va ular orqali oila a'zolariga yo'llandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
❤‍🔥43👍31🎉1👌1🕊1💯1
#8_mart #tabrik

Assalomu alaykum.
Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar!

Bugun yurtimizda fasllar kelinchagi, go'zallik va betakrorlik timsoli bo'lgan bahor fasli o'zining maftunkor tarovatini ko'rsatib turibdi. Ana shunday kunlarda yurtimiz bo'ylab 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda.

Avvalo shu qutlug' ayyomda sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimizdagi barcha muhtarama onalarimizni, opa-singillarimizni, go'zal qizlarimizni, tabriklashdek baxtga musharraf bo'lganimdan bag'oyatda xursandman.

Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz ko'rki bo'lmish aziz ayollarimiz sha'niga eng go'zal tilaklarimizni izhor etamiz. Ayol siymosi Yaratganning tengsiz mo'jizasi bo'lib kelgan va hamisha shunday bo'lib qoladi.

Sizlarni doimo mana shunday ochilib, baxt-u saodatli bo'lib yurishingizni tilaymiz. Barchangizni yana bir bor bahorning nafosat va go'zallik bayrami bilan muborakbod etaman.

Hurmat va ehtirom ila
Yunusjon Nasimdjanov

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🙏32🔥2🫡1
#tabrik

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!


Ushbu tarovatli kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ming yillar davomida ma'naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yanada cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.

Sharqona Yangi yilimiz – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelib, hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin! Bugungi murodbaxsh kunda  har bir xonadonga, jonajon O‘zbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-omonlik, baxt-u saodat hamda fayz-u baraka tilayman!

Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
👍4🙏2
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Qalblarni nurga, xonadonlarni barakaga to‘ldiruvchi, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Bu kunlar nafaqat yuksak ruhiy poklanish, balki insoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan, yaxshilik va ezgulik ustuvor bo‘ladigan muqaddas ayyomdir.

Fidokorlik va muruvvat, sabr va shukronalik bu kunlarning ajralmas timsolidir. Bir-birimizga mehr, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilsak, ko‘ngillar shodlanadi, yurtimiz yanada rivojlanadi.

Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik bo‘lsin!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👏1
#tabrik

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!

Sizni barcha mo‘min-musulmonlar katta shod-u xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman. Bu ayyom mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik va ezguliklar bayrami sifatida barchamiz uchun alohida qadrlidir.

Muqaddas Islom dini jamiyat birligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun ham, odatda, Hayit bayramida yaqinlar, qarindoshlar, do‘st-u yorlar va bemorlar holidan xabar olinadi, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatiladi, o‘zaro samimiy tilaklar bildiriladi. Shu kunlarda bunday savobli amallar yanada ko‘payishiga ishonaman.

Ushbu ulug‘ kunda barchangizni Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklayman! Muborak oyda qilgan ibodatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lsin! Xonadoningizdan mudom tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin, savobli ishlarda bardavom bo‘ling! Yurtimizdagi tinchlik, taraqqiyot, xalqimiz farovonligi barqaror va bardavom bo‘lsin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Yunusjon Nasimdjanov,
Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi
👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar kunlarda bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olish nasib etganidan xursandmiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin! Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1
#tabrik

Qadrli hamkasblar, aziz Vatandoshlar!


Sizlarni Qurbon hayiti bilan muborakbod etib, bayramni oila, do‘stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilayman. Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Muborak Qurbon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ'ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo'llab-quvvatlash mujassamdir.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🎉2👍1
#tabrik

Muhtaram yurtdoshlar!

Siz, azizlarni Islom dinining eng ulug‘ va qadrli bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Bu muborak kun insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va muruvvat kabi oliyjanob fazilatlarni ulug‘laydi.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, totuvlik va ahillik hukm surayotgan bir paytda, ana shunday fazilatli bayramlarni keng nishonlash, xalqimiz qalbida shukronalik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.

Ushbu fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga farovonlik va baraka, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.

Qurbon hayiti har bir oilaga xursandchilik va tinchlik olib kirsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari – jamiyatning koʻzgusi, davlatimizda ochiqlik, shaffoflik taʼminlash, xolis va ishonchli axborot tarqatishda alohida oʻringa ega.

Soliq xizmati organlari bilan faol hamkorlik hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, tuganmas baxt tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2