TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yakkasaroy #muhokama

Poytaxtimizda jinoyat muhokamasiga bag'ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi "Bog‘imaydon", "Bog‘saroy", "Damariq" va "Xamid Sulaymon" MFYlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahalla raislari hamda faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 70 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #seminar #barqarorlik_reytingi #mahalla_yettiligi

🔷Yunusobod tumanida tadbirkorlar hamda "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar respublikaning istalgan hududida faoliyat olib borishi mumkinmi?

Soliq mobil ilovasi orqali oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishda faoliyat manzili koʻrsatildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs aynan shu hududda faoliyatini amalga oshirishi lozim.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati
—————
#самозанятость

Могут ли самозанятые осуществлять свою деятельность в любом регионе республики?

При регистрации в качества самозанятого лица в мобильном приложении Soliq указывается место осуществления деятельности. Именно в пределах этого региона самозанятый может осуществлять свою деятельность.

👉Перечень видов деятельности, которыми могут заниматься самозанятые

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli fuqarolar!

Avvalroq Telegram messenjeri orqali shaxsiy xabarlarda Soliq mobil ilovasini yuklab olib yutuqqa ega bo‘lishga da’vat etuvchi soxta xabarlar tarqalgani haqida ogohlantirgan edik.

‼️Eslatib o‘tamiz, bu ma'lumotlar firibgarlarning sizni aldashga urinishidir! Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang!

Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang - Android / iOS
—————
#объявление

Уважаемые граждане!

Ранее мы предупреждали о том, что в личные сообщения через мессенджер Telegram поступают сообщения с призывом скачать мобильное приложение Soliq, получить призы и подарки.

‼️Напоминаем, что данная информация является попыткой мошенников обмануть Вас! Не скачивайте приложение из неизвестных источников!

Устанавливайте и обновляйте приложение только с официальных платформ - Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ortiqcha narsalardan voz kechgan odam muhtojlikdan xalos bo‘lgan odamdir.

I. Kant

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida eksperiment tariqasida bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi


“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. (PF-25 01.02.2024)

Hujjat bilan IT park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan maxsus hudud – Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital texnologi Center-“ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etish belgilandi.

2024-yil 1-iyundan boshlab 5 yilgacha Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari

161-modda. Ta’minlash choralari


Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur qarorni ijro etish imkonini ta’minlashga qaratilgan choralarni (ta’minlash choralarini) ko‘rishga haqli.
Agar ushbu choralarni ko‘rmaslik keyinchalik ushbu qarorning ijrosini va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin yoxud undirishni imkonsiz qilib qo‘yadi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar bo‘lsa, ta’minlash choralari ko‘riladi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram