TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yakkasaroy #muhokama

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi “Xamid Sulaymon” va “Damariq” MFYlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, mahalla raislari hamda faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, tumandagi yoshlar bilan birga jami 98 nafar qatnashchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Tashkil etilgan ushbu muhokama yig‘ilishidan maqsad, kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholi bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, doimiy daromad manbalarini yaratish, xaqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #muhokama

Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida Yakkasaroy tumanidagi “Xamid Sulaymon” va “Damariq” MFYlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #nazorat_tadbiri

🔷Tovar va xizmatlar uchun xarid cheki bermagan tadbirkorlarga chora koʻrilmoqda

Toshkent shahrida tadbirkorlar noqonuniy faoliyatining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumani A.Qahhor koʻchasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvida tadbirkor onlayn-NKTdan foydalanmagan holda xaridorlarga chek bermasdan faoliyat yuritayotgani ma'lum bo‘ldi. Jumladan, kunlik savdodan tushgan 2 mln. 150 ming so'm naqd pullar onlayn-NKT xotirasiga kiritilmagan.

Shuningdek, soliqlardan qochish maqsadida 5 nafar xodim norasmiy tarzda ishlatib kelinayotgani aniqlandi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan dalolatnomalar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib, tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakkasaroy #nazorat_tadbiri

🔷Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumani A.Qahhor koʻchasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram