TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_tushumlari #yigilish

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida soliq tushumlari ta'minlanishi masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamkorligida tuman soliq inspeksiyalari Shaxsiy tarkib xodimlari bilan 2024-yil yanvar oyi uchun belgilangan reja topshiriqlar ijrosi ta'minlanishi, xodimlar kesimida soliq ma'murchiligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Unda dastlab poytaxtimizdagi biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarga tosiq bo‘layotgan muammoli masalalarni vaqtida o‘rganish hamda tez fursatda bartaraf etish, ochiq va shaffof tarzda faoliyat yuritib, yashirin iqtisodiyotning ulushini yanada kamaytirish orqali soliq tushumlarini mahallabay holatda ta'minlash, Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan reja asosida samaradorlikni oshirish kabi dolzarb masalalar tushuntirildi.

Shuningdek, mavjud tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga ko‘mak ko‘rsatish, soliq sohasidagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar reytingi qanday ishlaydi?

Oʻzbekistonda tadbirkorlar reytingi joriy etilib, yuqori koʻrsatkichlarga ega tadbirkorlarni ragʻbatlantirish boshlanmoqda.

Soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻktam Rajabov bu reyting qanday ishlashi, yuqori ballga ega boʻlish uchun tadbirkor nima qilishi kerakligi haqida Kun.uz internet nashri muxbiri savollariga batafsil javob berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvi sho‘basi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 27-yanvar kuni  Yashnobod tumanidagi yordamga muhtoj 24 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Ushbu ommaviy sayyor qabulda 12 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 6 ta fuqaroga sog'lig'ini tiklashi uchun tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan dori-darmon vositalari taqdim etildi. Shuningdek, yana 6 nafar fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilib, kundalik turmushda foydalaniladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Vaqt talab etuvchi 12 ta muammoli masalalar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Prezident #yashirin_iqtisodiyot

"To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam bo‘lsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz
"

Sh. Mirziyoyev


Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Odamlar odatda o‘zlariga nasib etganidan rohatlanmay, nasib etmagan narsalar xususida oh chekadilar.

V. G. Belinskiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram