#Yunusobod #muhokama
β Poytaxtimizda jinoyat muhokamasiga bag'ishlangan tadbirlar davom etmoqda
Prezidentimizning tashabbusi bilan tuman, shahar va viloyatlarda joriy etilgan 4 ta sektor muammolarni tezkor hal etish bilan aholini rozi qilishga xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, joylarda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Toshkent shahar 4-sektor rahbari boshchiligida sodir etilgan jinoyatchiliklar muhokama qilinmoqda.
Navbatdagi muhokama Yunusobod tumanida tashkil etilib, unda tumanda sodir etilgan o'g'irlik haqida ma'lumot berildi hamda buning salbiy oqibatlari haqida yoshlar va mahalla faollari bilan o'zaro fikr almashildi.
Huquqni muxofaza qiluvchi organ vakillari ham ishtirok etgan ushbu muhokama yig'ilishidan maqsad, mahallalarda kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarning oldini olish, aholi bo'sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, shuningdek, doimiy daromad manbalarini yaratish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

#Yashnobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
π·Soliq qonunchiligidagi o'zgartirishlar tadbirkorlarga yetkazilmoqda
Soliq to'lovchilarni soliq tizimiga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalardan xabardor qilish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasining Soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi hamda yangi texnologiyalar axborot-informatsion markazi xodimlari tumanlarda doimiy targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi poytaxtimizning Yashnobod tumanida tashkil etilib, unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni yetakchi inspektorlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar va soliq to'lovchilar Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi. Shuningdek, ishtirorkchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi.