TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
83 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Saxovat_va_komak

3-dekabr " Xalqaro nogironlar kuni"

E'tibor, e'zoz va mehr insonni qadrlashning eng yuksak ko'rinishi desak adashmagan bo'lamiz. 3-dekabr " Xalqaro nogironlar kuni" dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlarda keng nishonlanadi.

Shu o'rinda ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida bolajonlar uchun ajoyib bayram dasturxoni hamda ko'tarinki kayfiyatdagi konsert dasturi tashkillashtirildi.

300 dan ortiq o'quvchilar tahsil oladigan mazkur ilm maskani oshxonasida tushlik uchun palov va shirinliklar bilan to'ldirilgan dasturxon hozirlandi. Bayram dasturxoni atrofida jam bo'lgan bolalarning xursandchiligi ularning  minnatdorchiliklari ifodasi edi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍1
#saxovat_va_komak

Mehrli qalblarga saxovat ulashildi.

Shuningdek kunning ikkinchi yarmida bolajonlar maktabning faollar zalida har xil ertak qahramonlari, san'atkor xonandalar, harbiylar hamda go'zal qizlar ijrosidagi raqslar bilan kutib olindi.

Tadbirning eng qizg'in jarayonlari tomoshabin yoshlarning ham davrada raqs tushib, zavqlanganliklari bo'ldi. Konsert so'ngida esa ularga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'ining maxsus sovg'alari hamda qimmatbaho elektron ekran sovg'a qilindi.🎊

Bolalarning ko'zidagi quvonch yoshlari, e'tibor uchun tashakkurlari hech bir qalbni junbushga keltirmasdan qolmadi. Zero, barchamizga mehr hamda insoniy fazilatlar yarashadi!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saxovat_va_komak

3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar 4-sektor rahbari tomonidan Olmazor tumanidagi 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatidagi 300 nafardan ortiq bolajonlarga bayramona dasturxon hamda konsert dasturi tashkillashtirilib, maxsus sovg'alar ulashildi.

Jajji ko'zlardagi, qalblardagi quvonch hislari bardavom bo'lsin. Dunyodagi eng qimmat sovg'a mehr ulashishda davom etaylik!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍2
#Uchtepa
#Sahovat_va_komak

Uchtepa tumanida bolalarga quvonch ulashildi.

3 - dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan mamlakatimizning turli hududlarida boʻlgani kabi poytaxtimizning Uchtepa tumanida ham xayrli ishlar amalga oshirildi. Tuman hokimligi hamda 4-sektor rahbari tashabbusi bilan bir nechta muassasalarda turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 431 va 404-sonli maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan jami 130 nafar imkoniyati cheklangan bolalarga oʻyinchoq, sovgʻalar va eng muhimi quvonch ulashildi.


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Mirzo_Ulugbek
#Sahovat_va_komak

Shuningdek, "Xalqaro nogironlar kuni" doirasidagi tadbirlar poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida ham boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda tuman 4-sektor rahbari va mutasaddilari 105-sonli maxsus maktab internatiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida maktab tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olinib ular tomonidan tayyorlangan bayram tadbirida ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvning yuqori kayfiyatda oʻtganini maktab oʻquvchilarining koʻzlaridan anglab olish qiyin emasdi. Ha ularda jismoniy yoki aqliy nuqsonlar bor, lekin ularning qalbi sogʻlom.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
👍1