TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#elon #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 Bugun, 18-yanvar kuni Olmazor tumanida soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

📍Manzil: Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2/1-uy ("Inno texnopark" binosi)

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillarini ushbu seminarga taklif qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

150-modda. Ekspertiza


Zarur bo‘lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir aniq harakatlarni o‘tkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi mumkin.
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Seminar
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 Soliq xizmati organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkaziladi.

Mazkur seminarlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

📍Tashkil etiladigan seminarlarning aniq vaqti va manzili:

🔹Andijon viloyati
🔹Buxoro viloyati
🔹Jizzax viloyati
🔹Navoiy viloyati
🔹
Namangan viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹
Samarqand viloyati
🔹
Surxondaryo viloyati
🔹
Qashqadaryo viloyati
🔹
Farg‘ona viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹
Toshkent viloyati
🔹
Toshkent shahri
🔹
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari va soliq to‘lovchilarni ushbu seminarga taklif qilamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Olmazor tumanida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

“Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, Soliq kodeksiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Ayni kunlarda ushbu Qonunga asosan, Soliq kodeksining 46 ta moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish uchun joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, poytaxtimizning Olmazor tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari va mutaxassislari tomonidan joriy yilning 18-yanvar kuni 2024-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan 100 nafarga yaqin tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxus qo‘llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Olmazor tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari va mutaxassislari tomonidan soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

Oliy taʼlim muassasalari talabalarni ragʻbatlantirish uchun toʻlovlardan daromad soligʻi ushlab qoladimi?

👉Batafsil mutaxassis sharhida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ishni tuzatib bo‘lmaydigan darajaga olib borgandan ko‘ra, xatoni tan olish ancha olijanobroqdir.

L. N. Tolstoy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari

151-modda. Mutaxassisni jalb etish


Zarur bo‘lgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamda ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram