Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#etirof
Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida
Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.
Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.
Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads