#Konstitutsiya
🔷Konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.
Shu maqsadda joriy yilning 5-dekabr kuni Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida "Konstitusiya ko‘chasi" nomli ramziy darvoza tiklanib, bayram tadbiri o'tkazildi va har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etilgan holda fuqarolarga huquqlari bevosita soha egalari tomonidan tushuntirildi.
Hududda "Soliq burchagi" ham tashkil etilib, unda soliq organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq, shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan turli tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi hamda aholiga soliq sohasidagi imtiyozlar, "Soliq" mobil ilovasi va uning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya
Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida "Konstitusiya ko‘chasi" nomli ramziy darvoza tiklanib, bayram tadbiri o'tkazildi va unda har bir davlat organining o‘z burchaklari tashkil etildi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#rasmiy_munosabat
Joriy yilning 1-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Maʼlumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba maʼlumotlari asosida avtomatlashtirildi.
Avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bogʻcha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz (oyiga 340 ming soʻm) qoʻllanilmasdan qolgan.
Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan yechib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi ma'lum qilinadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#donolar_bisotidan
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
✅Yomonlik qilinishini bila turib, uni to‘xtatishga kuchi yetgani holda bu ishni qilmagan kishi, shu yomonlikka sherikdir.
"Avesto"dan
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
✅Yomonlik qilinishini bila turib, uni to‘xtatishga kuchi yetgani holda bu ishni qilmagan kishi, shu yomonlikka sherikdir.
"Avesto"dan
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi
15-bob. Soliq qarzini undirish
124-modda. Soliq qarzini soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga doir soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro S.S tomonidan soliq hisoboti to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Korxona rahbari bo‘lgan mazkur tadbirkorga nisbatan 2023-yining iyun oyi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim etmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan va ushbu Kodeks 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima belgilangan.
Shuningdek, jarimalar qo‘llanilishidan avval shaxsiy kabinet orqali tegishli tartib bilan ogohlantirish xati yuborilgan. Qayd etish joizki, tadbikorga nisbatan tizim tomonidan inson omili aralashuvisiz soliq organlari bazasida mavjud ma'lumotlarni tortish yo‘li bilan mustaqil ravishda ma'muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

#soliq_qarzdorligi #uchrashuv
🔷Soliq qarzdorligi bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari rahbarligida soliq qarzdorligi mavjud korxonalar vakillari bilan individual tarzda uchrashuv tashkil etildi.
Profilaktik suhbatlarda soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rgan holda byudjetga to‘lanishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

#AOS
Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?
Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.
Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.
*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

#Yashnobod #mahallabay #soliq_qarzdorligi
🔷Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligini byudjetga undirish maqsadida tegishli tadbirlar o‘tkazildi.
🔹BATAFSIL🔹
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔷Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligini byudjetga undirish maqsadida tegishli tadbirlar o‘tkazildi.
🔹BATAFSIL🔹
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv
🔷Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyotini, kuch-qudratini, shuningdek, xalqimiz farovonligi va tinchligini, mahalla, ko’cha hamda yo’llarimiz obodligini ta’minlashga xizmat qiluvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Albatta, ularning o’z vaqtida to’lanishi fuqarolik burchimizdir. Biroq vazifasini ixtiyoriy tarzda bajarmayotgan tadbirkorlar ham yo'q emas, afsuski.
Bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi hamkorlikda faoliyat yuritib, soliq qarzdorligi mavjud tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazib kelmoqda.
Joriy yilning 6-dekabr kuni ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi tashkil etilib, soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rgan holda byudjetga to‘lanishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.