TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.77K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 330 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 165 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 330 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 330 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 165 000 so‘m;

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 330 000 so'm;

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ma'lumot uchun. 2023-yil 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 330 000 so‘mni tashkil etadi.

🔹Yuridik shaxslar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni har oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘laydi.
👉 Yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkalari
__________
#социальный_налог

Размеры социального налога

Соцналог уплачивают:

🔹индивидуальные предприниматели в размере 330 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 165 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальных предпринимателей330 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 330 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)165 000 сумов в месяц;

🔹самозанятые лица на добровольной основе - 330 000 сумов в год до 1 декабря;

👉ст.408 НК

К сведению. С 1 мая 2023 года базовая расчетная величина (БРВ)
составляет 330 000 сумов в месяц.

🔹юрлица уплачивают соцналог за своих сотрудников ежемесячно не позднее 15-го числа.
👉Ставки соцналога для юрлиц

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi?

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
👉 PF-61-son 26.04.2023 yil
👉 VMQ-460-son 24.07.2021 yil

Bunda:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. “Xizmatlar” ➡️ Soliq majburiyatlari” ➡️ Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo‘limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️. Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

3️. Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so‘ralayotgan davr ko‘rsatiladi.

❗️2024-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2025-yil 1-aprel.

4️. Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ro‘yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️. Maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag‘lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️. “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So‘ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️. Kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo‘limida ariza holati, ijrochisi va ko‘rib chiqish muddatlari haqida to‘liq maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads