TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.8K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#tayinlov

Yashnobod tumani soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Ashirmatov Rustam Maxmudjanovich Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

U 1978-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. Bunga qadar Shayxontohur tumani hokimiyatida boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Ashirmatov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

14-bob. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma

117-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari


Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e’tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot #mahalla_yettiligi #seminar

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoni haqida ma'lumot berilib, sohadagi muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Ayniqsa, "mahalla yettiligi"ning imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 477 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-noyabr holatiga soliq organlarida 477 759 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 342,1 mingta ijara shartnomasi asosida 103,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 47,2 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 26,6% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 135,6 mingta ijara shartnomasi asosida 501,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 46,1% va hisoblangan soliq summasi 20,8% ga oshgan.

Talabalar bilan 94,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 127,9 ming nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 33 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 477 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 ноября 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 477 759 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 342,1 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 103,7 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 47,2%, а сумма начисленного налога - на 26,6%.

На основании 135,6 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 501,4 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 46,1%, а сумма начисленных налогов - на 20,8%.

Со студентами заключено 94,2 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 127,9 тыс.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 33 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv

🔷Soliq va boshqa majburiy tushumlarni byudjetga undirish ijrosini ta'minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi hamda soliq boshqarmasi mas'ullari rahbarligida soliq qarzdorligi mavjud korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhokamaviy tarzda o'tgan tadbirda soliq qarzdorligining qanday qilib kelib chiqishi va uning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligi mutaxassislar tomonidan izohlanib, soliq qarzini qisqartirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rgan holda byudjetga to'lanishi yuzasidan korxonalarning rahbar va mas'ullariga tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram