TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.79K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.84K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yakkasaroy #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Soliq xizmati mas'ul xodimlari yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuv o‘tkazib kelmoqdalar. Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari ishtirokida Askiya dehqon bozorida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan bu galgi uchrashuvda bozor ma'muriyati ham qatnashdi.

Tadbirda ishbilarmonlarning murojaatlari tinglanib, ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi hamda muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Muloqot davomida tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

Shuningdek, raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalardan foydalanishi lozimligi ta'kidlanib, soliq xizmati xodimlari tomonidan savdo kompleksida faoliyat yuritadigan barcha tadbirkorlarga bu boradagi eslatmalar tarqatilib chiqildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

Jismoniy shaxslar daromad soligʻini
my.gov.uz portali orqali ham qaytarib olishi mumkin

Jismoniy shaxslar daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. VMQ-601 15.11.2023 y.

Unga koʻra, jismoniy shaxslar daromad soligʻini qaytarib olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP – My.gov.uz)da elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali soliq organlariga ariza yuborishi lozim.

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
🔹 F.I.O.;
🔹 doimiy yashash manzili;
🔹 JShShIR;
🔹 elektron pochta manzili;
🔹 telefon raqami;
🔹 imtiyoz qoʻllaniladigan daromad turi;
🔹 plastik karta rekvizitlari – karta raqami / karta egasi F.I.O / bank tranzit hisobvaragʻi / STIR / MFO.

Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
🔸 soliq deklaratsiyasi;
🔸 taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma;
🔸 taʼlim krediti shartnomasi;
🔸 ipoteka krediti shartnomasi;
🔸 nodavlat taʼlim tashkiloti bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;
🔸 mablagʻlar yoʻnaltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng soliq organiga avtomatik tarzda yuboriladi.

Soliq organi ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi yoki rad etilganligi haqida (QR-kodli, matrik shtrix kodli) elektron xabarnoma yuboradi.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash toʻg‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Gʻaznachilik boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlov summasi arizachining bank plastik kartasiga qaytariladi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda my.soliq.uz (my3.soliq.uz) portalidagi jismoniy shaxslar shaxsiy kabineti orqali daromad soligʻidan ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#YTT

Ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish bo‘yicha e'lon qilingan xabarlarda ushbu faoliyatni yo‘lga qo‘yishda ular to‘laydigan soliqlar haqida ma'lumotlar yo‘qligi hamda soliq turlarini tanlash imkoniyati mavjud emasligi qayd etilgan.

Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ma'lumotlar muntazam ravishda e'lon qilib borilayotganini ma'lum qiladi.

Xususan:

👉 Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday soliqlarni to‘laydi?

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

👉
Yakka tartibdagi tadbirkor qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

👉 Faoliyat vaqtincha to‘xtatilganda soliq organini xabardor qilish to‘xtatilgan davr uchun soliq hisoblanishini oldini oladi

👉
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

👉
Ijtimoiy soliq miqdorlari mavzusidagi materiallar Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifalarida e'lon qilib borilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Odatlarning eng ezgusi – gunohlardan chetda turish, eng savobli ish – kishilarga ozor bermaslik, eng yaxshi boylik kuchli iroda ekan.

Najmiddin Kubro

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Shayxontohur tuman soliq inspeksiyasi mas'ullari ishtirokida tuman hududida faoliyat yuritadigan "Malika savdo majmuasi" tadbirkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash

114-modda. Mol-mulkni xatlash


Soliq organining soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida mol-mulkni xatlashdir.
Soliq qarzi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yishi mumkin.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #nazorat_tadbiri #onlayn_NKT #markirovka

🔷Chilonzor tumanida joylashgan MChJda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzdorligi

Yangiliklar 24 | Byudjetga tushumlar undirilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

🔸Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi uchun nima qilishi kerak?

🔸To‘xtatilgan davrlar uchun soliq hisobotlari topshiriladimi?

🔸To‘xtatilgan faoliyat qanday qilib qayta tiklanadi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv

🔷Soliq va boshqa majburiy tushumlarni byudjetga undirish ijrosini ta'minlanmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari boshchiligida soliq qarzdorligi mavjud 20 ta korxonaning vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muhokamaviy tarzda o'tgan tadbirda soliq qarzdorligining qanday qilib kelib chiqishi va uning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligi mutaxassislar tomonidan izohlandi.

Uchrashuv yakunida soliq qarzini qisqartirish bo'yicha tegishli choralarni ko'rgan holda byudjetga to'lanishi yuzasidan korxonalarning rahbar va mas'ullariga ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram