#Uchtepa #nazorat_tadbiri #markirovka
🔷Uchtepa tumanida shubxali aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi
Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi alkogol do‘konlaridan birida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida tadbirkor 2D-skaner apparatidan foydalanmagani, markirovkalash axborot tizimiga ma'lumot yubormagani hamda xaridorlarga chek bermasdan faoliyat yuritayotgani ma'lum boʻldi.
Shuningdek, shaxobchada savdoga qo‘yilgan alkogol mahsulotlari ko‘zdan kechirilganida, jami 2 turdagi 55 shisha umumiy qiymati 1 mln. 768 ming soʻmlik spirtli ichimliklarning aksiz markalari shubxa uyg‘otganligi sababli masala qonuniy hal etilgunga qadar belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga topshirildi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.
📌Olib qo‘yilgan spirtli ichimliklar aksiz markasi qalbakiligi tasdiqlangan taqdirda Soliq kodeksining 227-moddasi birinchi qismiga asosan realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum (69 mln. 176 172 so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilishi belgilangan.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Forwarded from Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#elon
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️
“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.
🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

#Chilonzor #Uchtepa #uchrashuv #onlayn_NKT
🔷“Xarid cheki bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi”. Soliqchilar “Ippodrom” bozoridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi
🔹BATAFSIL🔹
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🔷“Xarid cheki bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi”. Soliqchilar “Ippodrom” bozoridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi
🔹BATAFSIL🔹
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob
SAVOL:❓
Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maqomini yo‘qotganda, ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga tuzatish kiritilishi kerakmi?
JAVOB:✅
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 269-moddasi 1-qismining 4-bandiga asosan: korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maqomini yo‘qotgandi ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga tuzatish kiritilishi lozim.

#soliq_nizolari
Soliq organi qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari
Shikoyat berish tartibi:
▫️Soliq qo‘mitasiga soliq organi qarorlari* ustidan shikoyat qaror chiqargan hududiy soliq organi orqali beriladi;
▫️bunda hududiy soliq organi arizani kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida Soliq qo‘mitasiga yuborishi shart;
▫️Soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.
Muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tiklanishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 232-modda
Koʻrib chiqish muddatlari:
▪️Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oy;
▪️Koʻrib chiqish natijasi yuzasidan soliq organi qarorini shikoyat beruvchiga yetkazish muddati – 3 kun.
Shikoyat koʻrmasdan qoldirilgan holatlarda shikoyat beruvchiga 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
👉 Soliq kodeksi 234- va 235-moddalar
*Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror.
📜 Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi bo‘yicha QO‘LLANMA

Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:
Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun
Soliq qoʻmitasida Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi Notiqlik boʻyicha murabbiy Jamila Shermuhammedova “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” mavzusida maʻruza qildi.
Ta'kidlanganidek, bayroq nafaqat davlat ramzi, balki o‘tmish, bugun va ertamizning yorqin ifodasidir. Ruhiyatimiz, g‘urur, sha'n va iftixorimiz, kelajakka komil ishonch va milliy-madaniy an'analarimizni ifodalovchi muqaddas timsoldir u.
Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.
Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.
👉 Batafsil

🇺🇿 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Davlat bayrog‘i milliy mustaqilligimiz va suverenitetimizning muqaddas timsollaridan biridir. U milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi sifatida davlat idoralari va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a'zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a'zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham davlatimiz bayrog‘i baland ko‘tariladi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana barchaga muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i hamisha xalqimizning qudrati timsoli sifatida yuksak porlab tursin!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chilonzor #onlayn_NKT #soliqchi_koʻmakchi #uchrashuv
🔷 Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligida "Bekto‘pi" savdo kompleksida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar bilan uchashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-NKTdan xarid chekini taqdim etmaslik yoki to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, qonun doirasida faoliyat yuritish kerak ekanligi eslatib o'tildi.