TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.78K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.85K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z kamchiliklariga e’tiborini qaratgan kishi boshqalarning kamchiligini ko‘rib ulgurmaydi.

Sharq hikmati

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash

112-modda. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish tartibi


Soliq to‘lovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi:

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening bugun, 🗓 17-noyabr kuni “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится, 🗓 11 ноября на тему «Досудебного урегулирования налоговых споров и его порядок».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Uchtepa #nazorat_tadbiri #markirovka

🔷Uchtepa tumanida shubxali aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi

Soliq organlari tomonidan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi alkogol do‘konlaridan birida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida tadbirkor 2D-skaner apparatidan foydalanmagani, markirovkalash axborot tizimiga ma'lumot yubormagani hamda xaridorlarga chek bermasdan faoliyat yuritayotgani ma'lum boʻldi.

Shuningdek, shaxobchada savdoga qo‘yilgan alkogol mahsulotlari ko‘zdan kechirilganida, jami 2 turdagi 55 shisha umumiy qiymati 1 mln. 768 ming soʻmlik spirtli ichimliklarning aksiz markalari shubxa uyg‘otganligi sababli masala qonuniy hal etilgunga qadar belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga topshirildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.

📌Olib qo‘yilgan spirtli ichimliklar aksiz markasi qalbakiligi tasdiqlangan taqdirda Soliq kodeksining 227-moddasi birinchi qismiga asosan realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum (69 mln. 176 172 so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilishi belgilangan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

🔸Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi uchun nima qilishi kerak?

🔸To‘xtatilgan davrlar uchun soliq hisobotlari topshiriladimi?

🔸To‘xtatilgan faoliyat qanday qilib qayta tiklanadi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Chilonzor #Uchtepa #uchrashuv #onlayn_NKT

🔷“Xarid cheki bermaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi”. Soliqchilar “Ippodrom” bozoridagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maqomini yo‘qotganda, ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga tuzatish kiritilishi kerakmi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 269-moddasi 1-qismining 4-bandiga asosan: korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maqomini yo‘qotgandi ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga tuzatish kiritilishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_nizolari

Soliq organi qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari


Shikoyat berish tartibi:

▫️Soliq qo‘mitasiga soliq organi qarorlari* ustidan shikoyat qaror chiqargan hududiy soliq organi orqali beriladi;

▫️bunda hududiy soliq organi arizani kelib tushgan kundan e’tiboran 3 kun ichida Soliq qo‘mitasiga yuborishi shart;

▫️Soliq organlarining qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.

Muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan tiklanishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 232-modda

Koʻrib chiqish muddatlari:

▪️Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati – 1 oy;

▪️Koʻrib chiqish natijasi yuzasidan soliq organi qarorini shikoyat beruvchiga yetkazish muddati – 3 kun.

Shikoyat koʻrmasdan qoldirilgan holatlarda shikoyat beruvchiga 3 kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
👉 Soliq kodeksi 234- va 235-moddalar

*Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror.

📜 Soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🟥🟥🟥
📣 HURMATLI FERMERLAR VA KLASTER VAKILLARI!

Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️ Ma’lumki, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo‘natilgan.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:

🔵 fermer xo‘jaliklari uchun – hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
🔵 klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish.

‼️ Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so‘raydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM