TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek #yashil_makon #mahallabay

🌿“Yashil makon” loyihasi ekologik muammolarni kamaytiradi

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari samarali kechmoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida Mirzo Ulug'bek tumanining 4-sektor hududiga qarashli "Habib Abdullayev" mahallasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

Hududlarni obod manzillarga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar ekologik muvozanatni ta’minlashga xizmat qilyapti. Hozirgi vaqtda ushbu dasturi ijrosi davom ettirilayotganing boisi ham shunda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #murojaatlar

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi “Soliq solish bo‘yicha maslahat” bo‘limiga
2023-yilning yanvar–oktabr oylari davomida jami 1332 ta murojaat kelib tushgan.

📉Shundan:
▫️yuridik shaxslar1 157 ta;
▫️jismoniy shaxslar175 ta.

📈Soliq turlari bo‘yicha kelib tushgan eng ko‘p murojaatlar – TOP-3:
▫️yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha273 ta;
▫️jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha200 ta;
▫️qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha175 ta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladimi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasi 1-qismi
9-bandiga asosan:
qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish hamda ularning reestrini yuritish, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga oktabr oyida 63 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil oktabr oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga 63 658 ta murojaat yo‘llangan.

Soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 38 770 tа;
🔹yuridik shaxslar – 23 345 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 454 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 89 tа.

📍Hududlar kesimida:
📈eng ko‘p Toshkent shahri – 26 287 ta;
📉eng kam Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi – 35 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#yuridik_shaxslar #yakka_tartibdagi_tadbirkor

O‘zbekistonda 576 ming yuridik shaxs va 245 ming nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

Yil boshidan boshlab:
▫️78 mingdan ortiq yuridik shaxs,
▫️81 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor ro'yxatdan o‘tgan.

Yuridik shaxslarning TOP-3 faoliyat yo'nalishi:
▪️savdo;
▪️qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi;
▪️sanoat.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning TOP-3 faoliyat yo'nalishi:
▪️chakana savdo;
▪️hunarmandchilik;
▪️maishiy xizmat.

Avvalroq joriy yilning 9 oyida ishlab chiqarish, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi tashkilotlar tomonidan 66 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langani haqida xabar berilgan edi.

Joriy yilning 3-choragida soliq tushumlari, imtiyozlar, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va soliq organlari faoliyatidagi boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
👉 FACTBOOK
__________
#юридические_лица #индивидуальный_предприниматель

В Узбекистане осуществляют деятельность 576 тысяч юрлиц и более 245 тысяч индивидуальных предпринимателей

С начала года зарегистрировано:
▫️более 78 тысяч юрлиц,
▫️свыше 81 тысячи индивидуальных предпринимателей.

ТОП-3 сферы деятельности юрлиц:
▪️торговля;
▪️сельское, лесное и рыбное хозяйство;
▪️промышленность.

ТОП-3 сферы деятельности индивидуальных предпринимателей:
▪️розничная торговля;
▪️ремесленничество;
▪️бытовое обслуживание.

Ранее сообщалось, что за 9 месяцев этого года организации в сфере производства, строительства, торговли, общественного питания и обслуживания уплатили более 66 трлн сумов налогов.

Подробную информацию о налоговых поступлениях, льготах, обслуживании налогоплательщиков, оказании поддержки предпринимателям и другим показателям в деятельности налоговых органов за 3 квартала текущего года можете получить по ссылке:
👉 FACTBOOK

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #QQS

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jihatlar haqida tushuntirish berish maqsadida seminar tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z boshingga o‘zing solma hayronlik,
Bir "yo‘q" keltiradi minglab osonlik.

Alisher Navoiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 9-noyabr

noyabr oyi uchun:


- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 ноября 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #yuridik_shaxslar

🔷2023
-yil 1-noyabr holatiga Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 99 228 tani tashkil etadi.

Shundan 14 480 tasi joriy yilning yanvar-oktabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 32,5 mingta;
🏭 sanoat 17,8 mingta;
🏗
qurilish5,9 mingta;
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 4,2 mingta.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #mahalla_yettiligi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari uchun "mahalla yettiligi"ni samarali tashkil etishda soliq tizimi xodimlarining ahamiyatiga qaratilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda xodimlarga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads