TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.76K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
71 files
4.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#EHF

Paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddati uzaytirildi

Soliq qo‘mitasi sentabr oyida realizatsiya qilingan paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddatini joriy yil 1-noyabrgacha uzaytirilganligini ma’lum qiladi.

Ushbu o‘zgarish, paxta xom ashyosini sotishdagi narxlarni erkinlashtirishdagi vujudga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda istisno tariqasida kiritilmoqda.

Ma’lumot uchun. Tovarlar yuklab jo‘natilgan sanada hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmaslik, shu kabi hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtirilmagan tovarlarni xarid qilish yoxud ushbu hujjatni tovarlar haqiqatda realizatsiya qilingan sanadan keyingi sana bilan rasmiylashtirish Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq soliq bazasini yashirish deb e’tirof etilishiga hamda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
___________
#ЭСФ

Продлен срок оформления электронных счетов-фактур за хлопковое сырье

Налоговый комитет сообщает о продлении срока оформления электронных счетов-фактур за хлопковое сырье, реализованное в сентябре, до 1 ноября текущего года.

Данное изменение вносится в порядке исключения с учетом возникшей ситуации с либерализацией цен на реализацию хлопкового сырья.

Для информации. Неоформление счета-фактуры в день отгрузки товара, а также приобретение товара, не оформленного по счету-фактуре, либо оформление такого документа датой после даты фактической реализации товара, согласно ст.223 Налогового кодекса считается сокрытием налоговой базы и влечет наложение штрафа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Shayxontohur #mahallabay #4_sektor

"Ochiq muloqotdan so'ng" teleko'rsatuvining navbatdagi sonida Shayxontohur tumani sektor rahbarlari tomonidan olib borilgan o'zgarishlar xususida so'z boradi.

👉Ko'rsatuvni tomosha qilish👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

🏓O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi va Soliq xizmati organlari hamkorligida Toshkent shahrida sportning stol tennisi bo'yicha "Osiyo mintaqaviy umidlar haftaligi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Yakunlovchi final o'yinlarini 30-oktabrda o'tkazish rejalashtirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor #obodonlashtirish #mahallabay

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i, tuman sektor rahbarlari, kommunal soha vakillari hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda fuqarolar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy harakati bilan bir qatorda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida maxsus texnikalar va ishchi guruhi jalb etilib, suv ta'minoti quvurlarini ta'mirlash, noqonuniy tarzda qurib olingan obyektlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #obodonlashtirish #mahallabay

Soliq qo'mitasi departamenti bo'lim boshlig'i, Shayxontohur tumani sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan "Eshonguzar" va "Gulobod" mahallasida qator amaliy ishlar tatbiq etilmoqda.

Xususan, 2023–2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida 1 200 metrlik gaz ta'minoti quvurlari tortish, ko'p qavatli uylar yerto'lasidagi isitish tizimini nazoratdan o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 517 xonadonning gaz bosimi sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, hududda to'planib qolgan 47 tonna chiqindi tozalanib, daraxtlarga shakl berish bilan bog'liq masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Samarali mehnat ko'satayotgan barcha ishchi guruhi uchun qozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram