TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha mukofotlandi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil tanlov davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimlari), davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishida tashkil etildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha mukofotlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.

Jomiy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 16-oktabr

sentabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari
hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining
ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim
etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va
toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

IV chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib
chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida
maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 16 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного
налога на доходы физических лиц, а также представления
отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст. 407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с
оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

за IV квартал:

- представления справки о сумме авансовых платежей
по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы
прибыли в текущем квартале
(ч.11 cт.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_kodeksi

9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari

88-modda. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatlari

Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram