TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
84 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar davom etmoqda

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Soliq qo‘mitasi huzuridagi o‘quv muassasalari hamda tizim tashkiloti xodimalari uchun "G‘azalkent" sog‘lomlashtirish markazida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, qiziqarli sport mashg‘ulotlari, "Zakovat" intellektual o‘yini hamda boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
🔥3👍1
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Ulug‘ aql egalari o‘z oldilariga maqsad qo‘yadilar, qolgan odamlar o‘z istaklari orqasidan ergashadilar.

U. Irving

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 7-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️3 октября 2023 года - последний день

за 2023 год:

- уплаты налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами
(ч.7 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_kodeksi

7-bob. Soliq hisobi

79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar

Hisob hujjatlari qog‘ozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati tugagunga qadar saqlanadi.
Soliq to‘lovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi.
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Olmazor #tabrik

🔹 1-oktyabr – o'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Olmazor tumani soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan ta'lim tizimidagi samarali mehnatlari hamda barkamol avlodga tarbiya berishda ko'rsatayotgan xizmatlari uchun bir qator o'qituvchi va murabbiylar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🔹Bunday ehtiromdan xursand bo'lgan ustozlar xalqimiz tinchligini so'rab duoda bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#savol_javob

SAVOL:
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarga nimalar kiradi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 216-moddasi 1-qismiga asosan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar e'tirof etiladi:
1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar og‘ir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
2) tahdid yoki majburlash ta'sirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
3) sud yoki ishni ko‘rayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍21
#Mirzo_Ulugbek #ochiq_muloqot

🔷Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida sektor rahbarlari tomonidan ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. "Ochiq muloqotdan so'ng" ko'rsatuvining bu galgi sonida ana shunday islohotlar xususida so'z boradi.

🔹Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
Soliq sohasidagi eng muhim, to‘g‘ri va tezkor ma'lumotlarni Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifasi – "Soliq xizmati xabarlari" telegram kanali orqali kuzatib boring!