TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_imtiyozlari

Endi issiqxonada bandligi taʼminlangan ishchi uchun daromad soligʼidan imtiyozlar bor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari

Maxsus reportaj | Tadbirkorlik sohasidagi yangi imtiyoz va imoniyatlar

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay #soliq_imtiyozlari

Maxsus reportaj | Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo'lgan ochiq muloqotidan so'ng

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS

Joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻining tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastavval, Prezidentimiz tashabbuslari bilan biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilishi kutilayotgan soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi hamda tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Shundan so'ng, savol-javob tarzida o'tgan ochiq muloqotda 60 dan ziyod tadbirkorlarning qo'shilgan qiymat solig'i va boshqa muammoli masalalari bilan bog'liq murojaatlariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Ularning bir nechtasi joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab etadiganlari bo'yicha o'rganish o'tkazish va tadbirkorlik subyektiga borgan holda bartaraf etish yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshligi tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilib, ularning muammolarini tinglash hamda hal qilish maqsadida haftada bir marotaba onlayn tarzda muloqot tashkil etish taklifini ilgari surdi va bu tadbirkorlar tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS

Murojaat, muammo va yechim

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay #soliq_imtiyozlari

🔷Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish, soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlardan biznes vakillarini xabardor qilish va fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida ishchi guruh xodimlari Shayxontohur tumani Shodlik mahallasida "soliqchi – ko'makchi" tamoyili doirasida faoliyat olib borishdi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlarga yollanma ishchilarining hujjatlarini rasmiylashtirtish, o'zini o'zi band qilish, ONKMdagi texnik nosozliklarni bartaraf etish, Soliq mobil dasturi orqali onlayn tarzda yer va mol-mulk solig'ini to'lash kabi masalalarda ko'maklashildi.

📎Shuningdek, o'rganishlar jarayonida tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini yuritish, kadastr, elektr energiyasi va kredit olish kabi muammoli masalalar bo'yicha murojaat qildilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷"Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyishidan ko'zlangan bosh maqsad tadbirkorlarga ko'mak berish, qo'llab-quvvatlash va ular duch kelayotgan muammolarga yechim topishdan iborat.

Xususan, soliq xizmati xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #4_sektor #ochiq_muloqot #soliq_imtiyozlari

Yashnabod tumanidagi sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi muammoli masalalar, shuningdek, soliq sohasidagi yengillik va imtiyozlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

👉Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #soliqchi_koʻmakchi #soliq_imtiyozlari

"Teletahlil" ko'rsatuvining navbatdagi sonida Mirzo ulug'bek tumanida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi yangilik va imtiyozlar, shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashda amalga oshirayotgan ishlari xususida so'z boradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozlari

Toshkent shahar soliq boshqarmasida muhtaram Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati bilan tadbirkorlarni tanishtirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimi va infratuzilma yaratish hamda mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirish davom etishi ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlar belgilangan vazifalarni tatbiq qilish bo‘yicha tuzilgan “yo‘l xaritasi” bilan tanishtirilib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob oldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram