TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
13K photos
1.37K videos
75 files
5.33K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
September 12, 2023
September 12, 2023
September 12, 2023
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Xarid cheklaridagi ayrim ma'lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati beriladi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 12, 2023
September 13, 2023
September 13, 2023
September 13, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
September 13, 2023
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 13, 2023
September 13, 2023