TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_imtiyozlari

Endi issiqxonada bandligi taʼminlangan ishchi uchun daromad soligʼidan imtiyozlar bor

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari

Maxsus reportaj | Tadbirkorlik sohasidagi yangi imtiyoz va imoniyatlar

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay #soliq_imtiyozlari

Maxsus reportaj | Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo'lgan ochiq muloqotidan so'ng

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS

Joriy yilning 23-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻining tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastavval, Prezidentimiz tashabbuslari bilan biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilishi kutilayotgan soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi hamda tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Shundan so'ng, savol-javob tarzida o'tgan ochiq muloqotda 60 dan ziyod tadbirkorlarning qo'shilgan qiymat solig'i va boshqa muammoli masalalari bilan bog'liq murojaatlariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Ularning bir nechtasi joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab etadiganlari bo'yicha o'rganish o'tkazish va tadbirkorlik subyektiga borgan holda bartaraf etish yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshligi tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilib, ularning muammolarini tinglash hamda hal qilish maqsadida haftada bir marotaba onlayn tarzda muloqot tashkil etish taklifini ilgari surdi va bu tadbirkorlar tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari #uchrashuv #QQS

Murojaat, muammo va yechim

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay #soliq_imtiyozlari

🔷Mahallada soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish, soliq ma'murchiligidagi yengillik va imtiyozlardan biznes vakillarini xabardor qilish va fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida ishchi guruh xodimlari Shayxontohur tumani Shodlik mahallasida "soliqchi – ko'makchi" tamoyili doirasida faoliyat olib borishdi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlarga yollanma ishchilarining hujjatlarini rasmiylashtirtish, o'zini o'zi band qilish, ONKMdagi texnik nosozliklarni bartaraf etish, Soliq mobil dasturi orqali onlayn tarzda yer va mol-mulk solig'ini to'lash kabi masalalarda ko'maklashildi.

📎Shuningdek, o'rganishlar jarayonida tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini yuritish, kadastr, elektr energiyasi va kredit olish kabi muammoli masalalar bo'yicha murojaat qildilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram