TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir #mahallabay #sahovat_va_komak

🟢Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida soliq tizimi mas'ullari ham "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" dasturi doirasida Toshkent shahar Bektemir tumani Gulbog' mahallasida amalga oshirilayotgan qator islohotlarda faol ishtirok etib, mahalla obodligi yo'lida o'z hissalarini qo'shib kelishmoqda.

Xususan, mahallani obodonlashtirish maqsadida 50 dan ortiq texnika jalb etilib, 200 dan ortiq hasharchi suv quvurlari o'rnatish, asflat yotqizish, beton to'siq-ustunlari o'rnatish va boshqa ta'mirlash ishlarida mehnat qilmoqda.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiladigan aholi bandligini ta'minlash maqsadida oilaviy tadbirkorlikka qiziqadigan fuqarolarga ish boshlashlari uchun subsidya ajratilib, har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
“Аyollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi necha foiz miqdorda undiriladi?
Anonymous Quiz
41%
40 foiz
48%
50 foiz
7%
60 foiz
5%
70 foiz
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq.uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Kichik biznes uchun yengilliklar va soliq imtiyozlari

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlik – biznesning sodda va qulay shakli. Shu yilning oʻzida ular soni 58 mingga koʻpayib jami 246 mingga yaqinlashdi.

📊 Eng koʻp yakka tartibdagi tadbirkorlar Toshkent shahrida – 33 mingga yaqin. Samarqand viloyatida 28,5 mingta. Undan keyingi oʻrinlardan Fargʻona, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari joy olgan.

👉 Batafsil videolavhada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Yengil erishilgan g‘alabalarning qadri bo‘lmaydi. Mashaqqatli kurash natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilangina faxrlansa arziydi.

G. Bisher

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

51-modda. Xedjirlash

Ushbu Kodeks maqsadida xedjirlash operatsiyalari deganda soliq to‘lovchi uchun noxush oqibatlarni (to‘liq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Soliq bazasi nmalarga nisbatan aniqlanadi?

JAVOB:

Soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlik subyektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo‘yiladi

💻 Tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor, ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58 mingta YTT davlat roʻyxatidan oʻtib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.

📊 2022-yil tovar aylanmasi boʻyicha soliq to‘lovchilarning 492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi oʻrta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subyektini tashkil etmoqda.

Oʻtgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan oʻrta tadbirkorlik subyektlari 9622 tani tashkil etib, 1-yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga koʻpaydi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yil 1-avgust holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 430,9 mlrd so‘mlik 198 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 197,3 mlrd so‘mlik 120 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 233,5 mlrd so‘mlik 73 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha - 5 ta.

Natijada:
▫️ 97,8 mlrd so‘mlik 17 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 48,5 mlrd so‘mlik 13 tasi qisman);
▫️ 307,2 mlrd so‘mlik 162 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️26 mlrd so‘mlik 19 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 августа 2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 198 жалоб на общую сумму 430,9 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 120 жалобы на сумму 197,3 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 73 жалобы на сумму 233,5 млрд сумов;
🔸в других случаях - 5 жалоб.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 17 жалоб на сумму 97,8 млрд сумов (из них частично – 13 жалоб на сумму 48,5 млрд сумов);
▫️по 162 жалобам на сумму 307,2 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 19 жалоб на сумму 26 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korxona rahbari, hisobchisi yoki ularning telefon raqamlari o‘zgardimi?

Bu ma'lumotlarni masofadan yangilash imkoni mavjud.

👉Batafsil videoqo‘llanmada
______________

Сменился руководитель или бухгалтер организации либо их телефонные номера?

Есть возможность обновить эти сведения удаленно.

👉Подробнее в видеоинструкции

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM