TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.81K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

🟢Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan poytaxtimizdagi "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularning muammolarini yechish bo'yicha muayyan ishlar muntazam amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-avgust kuni shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari Yashnobod tumanida navbatdagi sayyor qabulda ishtirok etdi. Tadbirda o'zini o'zi band qilmoqchi bo'lgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi, IT sohasi bilan shug'ullanib, daromad manbaiga ega bo'lishni maqsad qilgan yoshlarga kompyuter, printer, salomatlikni tiklash uchun maxsus yo'llanmalar va murojaatlarga asosan boshqa ko'plab zaruriy vositalar o'z egalariga topshirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#mahallabay #obod_mahalla #obodonlashtirish

"Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla"

Yurtimiz qanchalik toza-ozoda boʻlsa, shunchalik chiroy ochib boraveradi. Xalqimiz tozalik bor joyda baraka boʻladi, deb bejiz aytmagan, albatta.

Shu nuqtai nazardan, 4-sektor rahbari koʻrsatmasiga binoan barcha hududlar obod holga keltirilmoqda. Jumladan, koʻp qavatli uylar yoʻlaklarini dezinfeksiya qilish, ichimlik suvi quvurlarini yangilash, daraxt koʻchatlari va gullar ekish, tozalash-obodonlashtirish hamda taʼmirlash ishlari jadal davom etmoqda.

Mazkur ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarning bugungi kundan rozi va ertangi kunidan koʻngli toʻq boʻlishini taʼminlashdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #sayyor_qabul #yoshlar_bilan_uchrashuv

Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu ma’noda, Toshkent shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari ishtirokida Yashnobod tumanida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

❇️Bugungi ishni hech qachon ertaga qoldirmang. Agar kelajakda omadga erishib, muvaffaqiyatli shaxs bo‘lib yetishishni istasangiz, bu yo‘lda harakat boshlash uchun eng yaxshi vaqt - hozir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#soliq_kodeksi

4-bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori

Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat bahosiga ega bo‘lgan va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan har qanday predmeti tovar deb e’tirof etiladi.
Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, ma’lumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar e’tirof etiladi.
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#savol_javob

SAVOL:
Yuridik shaxsning soliq majburiyati qachon tugatiladi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 87-moddasiga asosan, yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Soliq kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
Soliq kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#litsenziya #savol_javob

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish qanday javobgarlik keltirib chiqaradi?

Litsenziya
— jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

O‘zbekistonda amalga oshirilishi uchun 👉 litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun quyidagi javobgarlik choralari qoʻllaniladi.

🔹Maʼmuriy javobgarlik:
▫️fuqarolarga – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha;
▫️mansabdor shaxslarga – 20 baravaridan 25 baravarigacha jarima.
MJtK 165-modda 4-qism

🔹Jinoiy javobgarlik:
▫️Jismoniy shaxslarga –
- BHMning 55 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida jarima;
- 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
- 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Jinoyat kodeksi 190-modda 5-6 qismlar

🔹Moliyaviy jarima:
▫️Yuridik shaxslarga – BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha jarima.
O‘RQ-701-son 4-ilova 14.07.2021

Ma'lumot uchun❗️Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimani qo'llanishi ushbu huquqbuzarlik fakti bo'yicha uning mansabdor shaxslarini ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq kodeksi 212-modda 4-band

📌 BHM 1 baravari - 330 000 so‘m

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Shayxontohur #ochiq_muloqot #obodonlashtirish #obod_mahalla #soliqchi_koʻmakchi #4_sektor

Toshkent shahar hokimligi hamkorligida Shayxontohur tuman aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar bo'yicha sektor rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda kuz-qish mavzumiga tayyorgarlik jarayonlari, "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o'rinlari yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.

👉Ko'rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB