TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

Yangiliklar 24 | Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Olmazor_tumani
#Sayyor_qabul
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi

4-Sektor rahbarlari fuqarolar bilan uchrashdi

Bugun 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari J. Maxmadustov Olmazor tumani aholisi bilan sayyor qabul o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir o’tkazayotgan muammolar tumandagi 13 ta mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan jami 30 dan ortiq muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi uchun etarlicha mablag’ ajratilishi rejalashtirildi.

Uchrashuvda murojaat qilgan 21 nafar fuqarodan 14 tasining masalasiga ijobiy yechim topildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mas`ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#mol_mulk
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan?

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.

👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Olmazor
#mol_mulk_va_yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini tez va oson to‘lashni bilasizmi?

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini soliq mobil📲 ilovasi orqali to‘lashi mumkin.

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanadi.

San'atkor va xonandalar soliqlarni to'lashga ulgurdi, SIZCHI?

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir_tumani
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi
#Sayyor_qabul

Tadbirkorlik tashabbuslari qo'llab-quvvatlanmoqda

Joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov, Bektemir tumani sektor rahbarlari bilan hamkorlikda "Nurafshon" MFY hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tumanida 25 nafar tadbirkorlar hamda 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, yechimini kutayotgan muammolar va tadbirkorlik tashabbuslari o'rganilib, ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo'lgan Sh.Erkinovga kredit ajratish hamda korxona uchun joy ajratish kabi masalalarda yordam ko'rsatiladigan, G.Toshboyevaga esa uy sharoitida daromad topishi uchun elektr pechi olib beriladigan bo'ldi.

Ushbu uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda kambag'allikni qisqartirishdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod_tumani
#Uchrashuv
#Sayyor_qabul
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimdjanov Yunusobod tumanida joylashgan 4-sektorga qarashli 16 ta mahalla mutasaddilari va fuqarolari bilan uchrashdi.

Mahallalarda olib borilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan jami 78 ta aholini kayfiyatiga bevosita taʼsir qiluvchi muammolarni bartaraf etish uchun 2022-2023-yillarda dastur bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilib, belgilangan miqdorda mablagʻ ajratilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolarning muammolari tinglanib, yordam ko`rsatildi.Ayrim murojaatlar yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar va takliflar berildi.

Mazkur uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad aholini yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yashash sharoitini yanada yaxshilashdan iboratdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB